Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi topshirig‘iga asosan vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida uch kunlik ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Halilillo Turaxadjayev tomonidan 2022 yil 4-6 iyun kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 60 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Ularning 50 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 10 ta fuqaro tomonidan apellyatsiya, kassatsiya va qayta kassatsiya shikoyatlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov tomonidan jami 12 ta fuqaro qabul qilindi. 1 tasi ma’muriy sud qarori, 4 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmidan, 1 tasi uy-joy nizosi, 1 tasi Buxoro viloyati sudi malaka hay’ati xulosasidan, 1 tasi majburiy ijro byurosidan norozi, 1 tasi jinoyat ishi yo‘qotilganligidan, 1 tasi Oliy sudda ish ko‘rilmayotganligidan noroziligi va 2 ta ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaat qilgan. Shulardan 2 tasi bo‘yicha shikoyat arizasi qabul qilingan va 10 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova tomonidan jami 111 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 25 tasi sud qarorlari ijrosi, shu jumladan, aliment undirish bilan bog‘liq, 30 tasi fuqarolik, 23 tasi jinoiy, 17 tasi ma’muriy va 12 tasi iqtisodiy sudlar qarorlarining noqonuniyligi yuzasidan, shuningdek 7 ta ichki ishlarda tergov qilinayotgan hamda 5 ta prokuratura organlarida tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha va qolgan arizalar iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yichani tashkil qiladi.
Qabullarda asosiy e’tibor fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga, ularning muammolarini joyida bartaraf qilishga qaratildi.
Qabul jarayonlarida jami 165 nafar fuqarolar ishtirok etdi. 50 nafar fuqarolarga joyida og‘zaki ravishda huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 10 dan ortiq fuqarolarning arizalari joyida qanoatlantirilib, ularning huquqlari tiklanishiga erishildi.
Fuqaro A.Gilyovaning uy joy bilan ta’minlashni so‘rab qilgan murojaati Bosh prokuror o‘rinbosari hamda viloyat prokurori tomonidan joyida o‘rganilganda fuqaro A.Gilyovaning G‘ijduvon tumani “Qo‘rg‘on” MFY “Arabon” ko‘chasida joylashgan xonadoni madaniy meros ob’ekti sifatida tuman hokimining 2020 yil 2 maydagi qarori bilan hokimlik huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi hisobiga o‘tkazilganligi aniqlandi.
Bosh prokuratura aralashuvi bilan fuqaro A.Gilyovaga G‘ijduvon tumani “Guliston” MFY, F.Eshpo‘latov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydan xonadonga egalik huquqini tasdiqlovchi order berilishi ta’minlanib, murojaat qanoatlantirildi.
–Sayyor qabulda qilgan murojaatim, samarali bo‘ldi, – deydi fuqaro A.Gilyova. – Mening murojaatim, ijobiy hal etildi. Ko‘chada qolib ketayotgandim, lekin davlatimiz mening muammoli masalamga yechim topib berdi. Bundan juda ham xursandman.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |