Farg‘ona viloyatining anklav hududi – So‘x tumanida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.
Tumanning mavjud resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, qishloq xo‘jaligi, servis va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish hisobiga tuman aholisining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha davlatimiz rahbarining alohida qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga muvofiq, barcha davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar zimmasiga aniq vazifalar belgilab berilgan. Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini o‘rganish, aholining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Baxtiyor Islamov va Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi respublika idoralararo ishchi guruhi So‘x tumanida bo‘ldi.
Mas’ullar dastlab tumandagi “Istiqlol” mahallasida yangi barpo etilgan bolalar sog‘lomlashtirish markazida dam oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Shu yerning o‘zida mahallada istiqomat qiluvchi 20 nafar nuroniy va mehnat faxriylari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan keksa avlod vakillariga qaratilayotgan e’tibor, ularning jamiyatdagi o‘rnini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Muloqot chog‘ida so‘xlik nuroniylar ham Davlatimiz rahbari tomonidan So‘x tumanini barcha jabhalarda rivojlantirish uchun berilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirdi.
Xususan, 90 yoshli faxriy o‘qituvchi Subbiddin Sharofiddinov tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlarining sharafli va mashaqqatli mehnatini alohida e’tirof etib, tuman IIB boshlig‘i, polkovnik Qosimjon Rahimberdiyevga atalgan, o‘zi yozgan she’rini o‘qib berdi. Shu bilan birgalikda, faxriylarning takliflari ham eshitildi. Jumladan, faxriy o‘qituvchi Erkin Sulaymonov tuman ichki ishlar organlari tizimida mutaxassis kadrlar yetishmasligini inobatga olgan holda, IIV Akademiyasi va litseylariga kvotalarni oshirish taklifini bildirdi. Shuningdek, faxriylar tumanning G‘aznov qishlog‘ida joylashgan maktab uchun qo‘shimcha bino kerakligini ma’lum qilib, ishchi guruh mas’ullaridan amaliy yordam so‘radilar.
Ushbu murojaatni o‘rganish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi. Shundan so‘ng mas’ullar chegara hududida joylashgan qadimiy “Chashma” bulog‘ini ko‘zdan kechirib, hududning xavfsizligini ta’minlash va yanada obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi. Shu mahallada istiqomat qiluvchi 96 yoshli Keldibek otaning holidan xabar olinib, oilaviy sharoiti o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, otaxonning nabirasi Saminjon Keldibekov kelajakda ichki ishlar xodimi bo‘lish istagi borligini bildirdi. Ichki ishlar vaziri Saminjon Keldibekovni IIV Farg‘ona akademik litseyiga o‘qishga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
So‘x tumanida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “So‘x” chegara-bojxona posti “Chashma” bojxona punktida fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ishchi guruh mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilib, xavfsizlik hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi. Hammamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda huquqni muhofaza qilish organlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, fuqarolarni qabul qilish va xodimlar uchun xizmat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ishchi guruh mas’ullari tuman IIB, prokuratura va jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosida fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. Tumandagi o‘rganishlar yakunida hududning alohida xususiyatidan kelib chiqqan holda, sektor va mutasaddi tashkilot rahbarlari asossiz xotirjamlikka berilmasligi, asosiy e’tiborni xalqning roziligini olishga qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |