Samarqandda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida kecha boshlangan yoshlar festivalining birinchi kuni viloyatning barcha tuman va shaharlari hokimlari boshchiligidagi yigit-qizlarning “Zakovat” intellektual o‘yini hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan madaniy dasturlar bilan yakunlandi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida birinchi o‘rinni Payariq tumani jamoasi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Narpay va ishtixonlik yoshlar egalladi. G‘olib jamoalarga 500, 300 va 200 tadan kitoblar hamda pul mukofotlari berildi.
Festivalning ikkinchi kungi tadbirlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bilan boshlandi. Uchrashuvda bugungi kunda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda mavjud hamda yaratilishi ko‘zda tutilgan ish o‘rinlari, kasb-hunar egallagan, ma’lum bir mutaxassislik diplomiga ega yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, bu jarayondagi muammo va kamchiliklar haqida so‘z yuritildi.
E.Turdimov bitiruvchi, korxona va tashkilotlar hamda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida tuzilayotgan uch tomonlama shartnoma tizimi o‘zini oqlamayotgani, bu muammoni vaqtincha yashirib turishgagina xizmat qilayotganini ta’kidladi.
– Avvalo yoshlar o‘zlari tanlagan soha va yo‘nalish bo‘yicha puxta bilim olishi, o‘z ishining ustasi bo‘lishi lozim – dedi viloyat hokimi. – Hozir diplomli yoshlar ko‘p, ish beruvchi eng bilimli, o‘z sohasini yaxshi bilgan mutaxassisni ishga oladi. Zamon talabi shunday. Lekin, boshqa yoshlarimiz ham ishsiz qolmasligi kerak. O‘ziga, salohiyatiga yarasha ish topib berishimiz, tadbirkorlikka yo‘naltirishimiz, xullas, bo‘sh qoldirmasligimiz zarur.
Uchrashuvda yoshlar ishga joylashish yuzasidan murojaat qilish bilan birga o‘z takliflarini ham bildirdi. Viloyat hokimi esa bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha platforma yaratish taklifini aytdi.
– Uchrashuvda bir necha taklif va savollarimni o‘rtaga tashladim, – deydi Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi Mohinur Ro‘ziyeva. – To‘rt yildan beri “O‘zbekiston xotin-qizlari: o‘tmish va bugun” mavzusida, ya’ni gender tenglik masalasida ilmiy izlanish olib boryapman. Shundan kelib chiqib, viloyatimizda xotin-qiz rahbarlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratish bo‘yicha taklif bildirdim. Hokimimiz bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Shaxsan meni viloyat hokimi o‘rinbosariga “ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha biriktirdi.
Uchrashuvda bitiruvchilar murojaatlari yechimi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ayni paytda festival doirasida viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida 14 fandan “Viloyat hokimi olimpiadasi” o‘tkazilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |