2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sud qarorlaridan norozi bo‘lganlarni Oliy sud raisi o‘rinbosari eshitdi

Samarqandda respublika vazirlik va idoralari mas’ullaridan iborat ishchi guruhining ommaviy sayyor qabullari davom etmoqda.

Kecha Samarqand shahrida Pastdarg‘om, Nurobod, Samarqand tumanlari va shahar aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda ishchi guruhi a’zolari, sektorlar, hududiy boshqarma, tashkilot, muassasalar rahbarlari fuqarolarning sud-huquq, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, kommunal soha, bank-moliya yo‘nalishlaridagi murojaatlarini ko‘rib chiqdi. 

Jumladan, Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari R.Mahmudova va Oliy sud sudyalari hamda sudyalar oliy kengashi vakillari qabulning birinchi kunida 37 nafar fuqaroni qabul qildi. Murojaatlarning 13 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 19 tasi fuqarolik, 4 tasi ma’muriy va 1 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi. 

Ushbu murojaatlardan 14 tasi bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi, 23 ta murojaat yuzasidan arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Shuningdek, Ommaviy sayyor qabul doirasida sayyor sud majlisi tashkil etildi. Kiritilgan taqdimnomalar asosida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 

Jumladan, Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Valiy mahallasida yashovchi fuqaro jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hukmidan va Samarqand viloyat sudining ajrimidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Uning murojaati og‘zaki suhbat va hujjatlar asosida o‘rganib chiqildi hamda kassatsiya shikoyati Oliy sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. 

O‘ziga oid jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlaridan norozi bo‘lgan yana 12 nafar fuqaro R.Mahmudovaga murojaat qildi. Aksariyat murojaatlar bo‘yicha shikoyat ariza o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi. 

Ommaviy sayyor qabul bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on shahar va tumanlari aholisi uchun o‘tkazilmoqda. 

21.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar