Toshkent viloyatida nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq, joriy yilda 180 nodavlat, 48 davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Joriy yilning oʻtgan 10 oyi mobaynida viloyatda 90 nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat boshlagan. Bu bolajonlarni bogʻchaga qamrab olishni yil boshiga nisbatan 5,5 foizga oshirish imkonini berdi.
Prezidentimizning 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" va 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorlari bu borada muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.
Mazkur hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, bogʻcha tashkil etish istagini bildirgan 59 tadbirkorga boʻsh turgan yer maydoni va davlat mulki obyektlari xususiy mulk sifatida berilgan. Shuningdek, 15 tadbirkorga qariyb 14 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda viloyatdagi 578 maktabgacha taʼlim muassasasida 74 ming 500 ga yaqin bola tarbiyalanayotir. Bu viloyatda qariyb 200 ming bogʻcha yoshidagi bolaning 37 foizdan ortiqrogʻi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan, deganidir.
– Yillar davomida yigʻilib kelgan muammolar tizimda mana shunday boʻshliqni paydo qildi, – deydi viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Nodira Dalaboyeva. – Endi esa uni toʻldirish maʼlum vaqt talab etadi. Muhimi, ushbu jarayon boshlandi. Xususan, viloyatda joriy yil boshida bolalarni bogʻchaga qamrab olish darajasi 31 foizdan ortiqni tashkil etgan boʻlsa, yil oxiriga borib bu koʻrsatkich qariyb 10 foizga oshishi kutilmoqda. Yaʼni, yangidan tashkil etiladigan bogʻchalar hisobiga joriy yilning oʻzida 17 ming 500 bola maktabgacha taʼlimga qamrab olinadi.
Joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda 11 mingdan ziyod oʻringa moʻljallangan 150 davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Eʼtiborli jihati, bogʻcha tashkil etish boʻyicha yil boshida boshlangan koʻplab qurilish va taʼmirlash ishlari soʻnggi chorakda yakunlanib, maktabgacha taʼlim muassasalari birin-ketin foydalanishga topshirilayotir.
– Tumanda joriy yilda 12 ta, jumladan 9 nodavlat va 3 davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish rejalashtirilgan edi, – deydi Yuqori Chirchiq tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirasi Feruza Isroilova. – Ayni paytga qadar ularning 10 tasi faoliyat boshladi. Bu qariyb 500 nafar bolani shunday muassasalarga qamrab olish imkonini berdi.
Tadbirkor Hamida Shogʻiyosova tomonidan tumanning Nurafshon mahallasida tashkil etilgan “BABY LANDIA“ xususiy nodavlat bogʻchasi shulardan biri.
– Taʼlimda bogʻchaning oʻrni va ahamiyati muhim ekani barchamizga maʼlum, – deydi tadbirkor H.Shogʻiyosova. – Shu bilan birga, bolalarni toʻliq maktabgacha taʼlimga qamrab olish ayni paytda imkonsiz ekani, bunga bogʻchalarning quvvati yetmasligi ham sir emas. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan tizimda tub islohotlar amalga oshirilayotgani, xususan, tadbirkorlarga koʻplab imtiyozlar taqdim etilayotgani ayni muddao boʻlmoqda. Biz ham ushbu imtiyozlardan foydalanib, bogʻchamiz faoliyatini yoʻlga qoʻydik.
75 oʻringa moʻljallangan muassasa binosi tadbirkorning 500 million soʻm mablagʻi evaziga mukammal taʼmirlandi. Shuningdek, suzish havzasi, ichki va tashqi sport maydonchasi, musiqa xonasi, oshxona va oʻyinchoqlar uchun qariyb 1 milliard 800 million soʻm mablagʻ sarflandi.
Muassasada mashgʻulotlar oʻzbek tilida olib boriladi. Ingliz va rus tillari, shuningdek, shaxmat-shashka va raqs toʻgaragi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bu bolalarning jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk boʻlib ulgʻayishiga xizmat qiladi.
Avazbek Xudoyqulov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |