Joriy yilning 25-iyul kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻrinbosari Sh.Choʻlliyev fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
Senat devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi tomonidan tashkil etilgan mazkur qabul jarayoniga 40 dan ortiq fuqarolar tashrif buyurib, oʻzlarini qiynayotgan muammolar boʻyicha murojaat qildi.
Qabul jarayonida 18 nafar fuqaroga murojaatlarda koʻtarilgan masalalar yechimi yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. 22 nafar fuqaroning murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun normalari asosida tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Murojaatlarning asosiy qismini ijtimoiy soha hamda sud-huquq masalalari tashkil etdi.
Senator tomonidan murojaatlarni toʻliq oʻrganib chiqish hamda natijalari boʻyicha qonuniy qaror qabul qilish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, hududlardagi masʼul rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |