2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim: “Ayollar daftari”ga kiritilgan birorta ayol e’tibordan chetda qolmaydi

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik to‘yi oldidan Andijon viloyatida “Xotin-qizlar bilan ishlash dolzarb o‘n kunligi” e’lon qilindi.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilayotgan dolzarb o‘n kunlik doirasida hududlarda qiyin va og‘ir sharoitlarda yashayotgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlariga ko‘maklashishga qaratilgan qator ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan muloqoti ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri bo‘ldi.

- “Ayollar daftari”ga kiritilgan birorta ayol e’tibordan chetda qolmaydi, - deydi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. – Eng avvalo, ular bandligini ta’minlash, daromad topishlari uchun imkoniyat darajasida zarur yordam ko‘rsatiladi.

Viloyat hokimi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bir guruh xotin-qizlarning murojaat va muammolarini eshitdi. Murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.  

Jarayonda viloyat hokimi 100 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun tikuv dastgohlari topshirdi. Bu tashabbus xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bilan birga, shu orqali daromad topish imkonini beradi.

11.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar