2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh vazir o‘rinbosari ishtixonlik xotin-qizlar dardini eshitdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Samarqand viloyatidagi mahallalarda bo‘lib, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi ishlar, oilalar hayoti bilan tanishdi.

Jumladan,  Ishtixon tumanida Shayxlar mahallasidagi maktabda tashkil etilgan tikuv sexida bu yerda hunar o‘rganib, daromad topayotgan o‘ttiz nafarga yaqin oila bekasi bilan suhbatlashdi.

Tuman hokimi boshchiligidagi birinchi sektor mahallalaridagi ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turgan oilar farzandlariga maktab formalari topshirildi.
Shundan so‘ng tuman markazidagi istirohat bog‘ida qo‘mita raisi hamda tuman rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida ishtixonlik xotin-qizlarning oila va nikoh, ishga joylashish, moddiy yordam olish, uy-joy ajratish kabi masalalar yuzasidan ellikdan ortiq murojaati eshitildi.

Aksariya murojaatlarga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Z.Mahkamova Oqdaryo tumanida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni o‘zini-o‘zi band qilib, kelgusida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga qaratilgan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar e’tirof etilib, “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritilgan 164 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari tarqatildi.

Bu kabi uchrashuv va amaliy muloqotlar viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham o‘tkazildi.

13.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar