2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Maktablar qish mavsumiga shay

Sirdaryo viloyatida mavjud 300 dan ziyod umumtaʼlim maktabida 148 mingdan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi. Ayni paytda mazkur muassasalarda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi barcha umumtaʼlim maktablarida qish mavsumini koʻngildagidek oʻtkazish maqsadida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Umumtaʼlim maktablarining 144 tasi tabiiy gaz bilan, 157 tasi koʻmir bilan isitiladi. Koʻmir bilan isitiladigan umumtaʼlim maktablari uchun 4 ming 280 tonna koʻmir va briket koʻmir yoqilgʻisi jamgʻarish belgilangan. Lozim boʻlgan koʻmir yoqilgʻisidan 2 ming 466 tonnasi umumtaʼlim maktablariga yetkazib berilgan va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʻra, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1 milliard 838 million soʻm ajratilib, 5 ta umumtaʼlim maktabi kapital taʼmirlangan.

 

– Shuningdek, 16 ta umumtaʼlim maktabi joriy taʼmirlandi, – deydi viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi bosh mutaxassisi Nuriddin Pardayev. – 144 ta maktabda 3 ming 528 metr kvadrat oyna almashtirildi. Taʼlim muassasalaridagi 10 ming 819 pogon metr ichki va 1 ming 171 pogon metr tashqi isitish tizimi, 8 ming 567 metr kvadrat tom qismi, 6 ta umumtaʼlim maktabining elektr tizimi taʼmirlandi. 150 muassasaning isitish tarmogʻi bosim ostida tozalandi, 285 umumtaʼlim maktabiga 27 ming 294 dona tejamkor lampalar oʻrnatildi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktyabrdagi tegishli farmoyishi ijrosi doirasida viloyat XTB tasarrufidagi 54 ta maktabni kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash maqsadida qoʻshimcha ravishda 3 milliard 211 million soʻm mablagʻ ajratib berilgan. Buning hisobidan 28 umumtaʼlim maktabining isitish tizimi taʼmirlandi. 27 umumtaʼlim maktabidagi 85 dona isitish qozoni yangisiga almashtirildi. 28 taʼlim muassasasining tom qismi taʼmirlandi. 2 ta umumtaʼlim maktabiga koʻmirxona qurib berildi. Bir qator muassasada eshik va romlar almashtirildi.

 

Maktablarda qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi baʼzi yoʻnalishlar boʻyicha toʻliq hal etilmagan masalalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

 

Abdujalol Qayumov, OʻzA

05.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar