Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar “Shodiyona” mahallasida Markaziy bank Sirdaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i Valijon To‘rayevning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Unda shahar mahallalaridagi temir, ayollar va yoshlar daftarlariga kiritilgan fuqarolar hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Bank mas’ullari bugungi kunda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlikni boshlash va uni rivojlantirish, ishsiz bo‘lgan aholi bandligini ta’minlash borasida yaratilgan shart-sharoitlar va ajratilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng fuqarolarning masalalari tinglanib, mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.
Qabul davomida yigirmadan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 4 tasi qabul mobaynida ijobiy hal etildi. 6 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat berilib, qolgan qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va muddatlar belgilandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |