2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oliy sud raisi fuqarolarni onlayn qabul qildi

Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov videokonferensaloqa vositasida 15 nafar fuqaroni qabul qildi.

 Fuqarolar Toshkent shahri hamda Toshkent, Qashqadaryo,  Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Andijon viloyatidan bo‘lib, murojaatlarning 4 tasi iqtisodiy hamda 11 tasi fuqarolik ishlariga taalluqli bo‘ldi. 

Murojaatchilarning takroriy kassatsiya shikoyatlari qonunda belgilangan tartibda o‘rganish uchun qabul qilindi. 

Aytib o‘tish kerakki, Oliy sud raisi qabuliga kirishning muayyan tartibi mavjud. Unga ko‘ra, murojaatchi Oliy sud raisi o‘rinbosari tomonidan berilgan javob xatidan norozi bo‘lgan taqdirda Oliy sud raisi qabuliga kirishi mumkin. 

Oliy sud raisining qabuliga kirish uchun takroriy kassatsiya instansiyasiga protest kiritish haqidagi ariza topshirilgach, fuqarolar qabuli ro‘yxati shakllantiriladi. Ular sudlovga tegishliligiga qarab saralanadi. Oliy sud raisi tomonidan fuqarolarni qabul qilish ushbu ro‘yxatning shakllanishiga qarab amalga oshiriladi. 

Fuqarolarning Toshkent shahriga kelib, behuda vaqt va mablag‘ sarflashlarining oldini olish, ularga har jihatdan qulaylik yaratish maqsadida barcha sudlar binolarida videokonferensaloqa vositalari o‘rnatilgan. Fuqarolar o‘zlari yashaydigan hududdagi sudlar binolariga borib, tizim orqali Oliy sud raisining qabulida ishtirok etishi mumkin. 

Oliy sud raisining qabuliga yozilish tartibi quyidagicha: takroriy kassatsiya instansiyasiga protest kiritish haqidagi arizaga shikoyatda keltirilgan vajlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, Oliy sudning fuqarolar qabulxonasiga topshirish, pochta orqali yuborish yoxud Oliy sudning interaktiv xizmatlari portali (qabul.sud.uz) orqali yuborish lozim. 

Shuningdek, tuman, shahar, tumanlararo yoki viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga yozma murojaat topshirish va interaktiv xizmatlar portali orqali murojaatni Oliy sudga yuborish ham yo‘lga qo‘yilgan. 

Bundan tashqari, Oliy sud raisining qabuliga qadar ish birinchi instansiya sudi qarori apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, so‘ngra Oliy sud sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda Oliy sud raisi o‘rinbosari tomonidan takroriy kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, shikoyat qanoatlantirilmay qoldirilganligi haqida rad javobi berilgan bo‘lishi talab etiladi. 

24.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar