Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Poʻlatovning “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi hamda “Telegram” messenjeridagi raqamiga murojaat yoʻllab, shaxsan qabul qilishni soʻragan fuqarolar uchun bugun, 3 noyabr kuni hokimlik binosida navbatdagi qabul oʻtkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda koʻrib chiqish va hal etish uchun viloyat, tegishli tuman hokimliklari mutasaddilari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.
Viloyat hokimi 38 nafar fuqaroning ichki yoʻllarni taʼmirlash, yoʻlovchi tashish transportlari faoliyatini samarali tashkil etish, uy-joy bilan taʼminlash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aliment undirish, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eshitib, ularni oʻz oʻrnida, qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini koʻrdi.
O'zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |