Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yangi Andijon massivida sayyor qabul o‘tkazdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik to‘yi oldidan viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, soliq idoralari hamda boshqa mutasaddi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda aholining turli masalalar yuzasidan murojaatlari eshitildi.
Sayyor qabulda viloyat hokimi mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, shuningdek, joylarda odamlarni qiynayotgan muammolarni hal etish masalasiga alohida e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi.
Qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr simyog‘ochlar o‘rnatish, eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, suyultirilgan gaz ballonlari ajratilishi, sog‘liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam olish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga oid 200 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi.
Viloyat hokimi tomonidan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish va ma’lum vaqt talab etadigan masalalar ijrosi yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |