2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir murojaat e’tiborda

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Yangi zamon, Polvonlar va Mirob mahallalari aholisi ishtirok etdi.

Murojaatlar asosan yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, ustama va ijtimoiy to‘lovlarni undirib berish, elektr va gaz ta’minoti sohalarida bo‘ldi. 
– Tibbiyot texnikumini tamomlaganman, – deydi fuqaro Mavjuda Safarova. –Turmush o‘rtog‘im ham o‘rta ma’lumotga ega. Ammo, ikkimiz ham ish topa olmayotganligimizni bildirib, ish bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘radik.  

Murojaatchi tuman bandlikka ko‘maklashish markazida doimiy ish topish uchun tegishli tartibda ro‘yxatga qo‘yildi va vaqtinchalik mavsumiy ish bilan ta’minlandi. Yana bir murojaat nogironlik aravachasini olish bo‘yicha bo‘ldi.  

– Onam bir necha yildan buyon yura olmaydilar, – deydi Sharofat To‘rayeva. – Ko‘rsatmagan shifokorimiz qolmadi. Yurib ketishlari uchun ma’lum bir muddat talab qilinar ekan. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabulga kelib onam uchun nogironlik aravachasi olishda yordam berishni so‘rab murojaat qildim. 

Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan mazkur murojaat o‘sha joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. Fuqaroga yangi nogironlik aravachasi topshirildi. 

– Oilam “Temir daftar” ga kiritilgan, – deydi fuqaro Jo‘raqul Bobomurodov. – Sayyor qabulda tibbiyot texnikumida shartnoma asosida o‘qiyotgan farzandim uchun shartnoma to‘lovlarini to‘lashda yordam so‘rab murojaat qildim.  

Fuqaro murojaati o‘sha yerning o‘zida ijobiy hal qilindi. Ya’ni, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan ro‘yxatga olinib, shartnoma pullari yoshlar ishlari agentligi Qorako‘l tumani bo‘limi tomonidan to‘lab beriladigan bo‘ldi. 

– Har bir murojaat ortida inson manfaati yotadi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sherzod Bahronov. – Xalqimiz amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini ertaga emas, indinga emas, bugun hayotida ko‘rishni istaydi. Sayyor qabulda ham iloji boricha murojaatlarni joyida hal qilishga harakat qildik. 30 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Qolganlarini ham tegishli tashkilotlarga yubordik va natijasi bo‘yicha nazorat qilib turamiz.  

Bundan tashqari, aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ya’ni bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, elektron raqamli imzo sertifikatini olish, kadastr pasportini shakllantirish kabi yo‘nalishlarda 20 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shu bilan birga tuman FHDYO bo‘limi tomonidan tug‘ilish, nikoh, o‘lim bilan bog‘liq fuqarolik holatlari ham qayd etildi. Shu kuni hudud aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.  

Tuman tibbiyot birlashmasining tor doiradagi mutaxassislari tomonidan 130 nafardan ziyod aholi vakillari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 18 nafar bemorga ambulator ko‘rsatma hamda 1 nafar bemorga tuman tibbiyot birlashmasida statsionar davolanishga yo‘llanma berildi. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qiluvchi bukletlar tarqatilib, davra suhbatlari o‘tkazildi. 

19.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar