2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim yordamchilarining faoliyati o‘rganildi

Beruniy tumanida hokim yordamchilari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar dastlab Obi-hayot mahalla fuqarolar yig‘inida organik mahsulot biogumus ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mahallada drayver soha sifatida dehqonchilik va ishlab chiqarish yetakchilik qiladi. Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi X.Kazakov uy sharoitida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, daromad topib kelmoqda. Tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan biogumus organik o‘g‘it mahsulotidan hosildorlikni yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirishda keng foydalanib kelinmoqda.

Tadbir ishtirokchilari “Do‘stlik” mahallasidagi 7 yillik imtiyozli kredit asosida 3 sotix joyda qurilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda bodring va qulupnay yetishtirilgan bo‘lib, hududdagi hokim yordamchisi “bir ko‘cha bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Keyingi manzil Shabboz ovul fuqarolar yig‘inidagi “Ra’no Kamalovna” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. 3 gektar maydonda uzumchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan fermer xo‘jaligi mavsum davomida 40 million so‘m daromad olmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbari kelgusidagi rejalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

So‘ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 40 ta ovul va mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi. Ularning asosiy vazifasi mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holati va daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi, ehtiyojlarini tahlil qilishdir.

Bu boradagi ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida, mahalla va ovullardagi barcha 37046 ta xonadon birma-bir xatlovdan o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga qarab 4 ta toifaga ajratildi.

Joriy yil sentyabr oyi holatiga 7 ming 576 nafar fuqaroni korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklariga doimiy va vaqtinchalik ish o‘rinlariga joylashtirishga ershildi.

Bundan tashqari hokim yordamchilari tomonidan yil oxiriga qadar korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga 400 nafar, tumandagi yirik sanoat korxonalari va klasterlarga 410 nafar, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ajratilgan kreditlar hisobidan 950 nafar, kichik biznes sub’ektlari tashkil etish hisobidan 400 nafar, dexqon xo‘jaligini tashkil qilish hisobidan 900 nafar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha jami 4 ming 580 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlashga erishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bugungi kunga qadar 490 nafar fuqaroga 2 milliard 165,7 million so‘mlik subsidiya ajratildi.

Matbuot anjumani ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

22.09.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar