Vazirlar Mahkamasining joriy yil 26 sentyabrda «Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlash to‘g‘risida» qarori tasdiqlandi.
Mazkur qarorda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini, ya’ni umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash va boshqa turdagi ijtimoiy soha ob’ektlarini isitishga tayyorlash nazarda tutilgan. Shular xususida O‘zA muxbiriga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov quydagilarni so‘zlab berdi.
— Mazkur qarorda Respublikamizning olis hududlarida yashovchi aholini isitish mavsumiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi, — dedi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari Qurbon Tursunov. — Shu bilan birga, respublikada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha isitish mavsumining barqaror o‘tishini ta’minlash bo‘yicha hukumatimiz tomonidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Xususan, 2 ming 967 ta ko‘p kvartirali uy-joy fondi ta’mirlanadi. 1 815 km. ichimlik suv tarmoqlari, 1 689 ta nasos uskunalari, 24 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar, 809 ta turli markadagi qozonlar, 737 km. issiqlik tarmoqlari, 88 ming 80 km. elektr uzatish tarmoqlari, 29 ming 135 ta transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Qolaversa, 149 km. gaz quvurlari va 299 ta gaz taqsimlash punktlarini ta’mirlash bilan birga, 314 ming 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish, ko‘mir zaxirasini yaratish belgilangan.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi 209 ta tuman, shaharlardagi 7 ming 432 ta mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi manfaatlarini nazarda tutadi. Shuningdek, olis, borish qiyin bo‘lgan qishloqlarga yetkazib beriladigan mahsulotlar, ya’ni un, o‘simlik yog‘i va sabzavotlar zaxirasini yaratish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari zimmasiga yuklatildi.
Mazkur olis hududlardagi 723 ta ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish mavsumiga tayyorlash, aholiga 1,5 million tonna ichimlik suvini yetkazib berish hamda 1 ming 301 km. ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Yuqorida belgilangan parametrlarni bajarishga 2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
bugungi kunga kelib, isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, issiqlik ta’minoti sohasida qaror parametrlarida 24ta markaziy va mahalliy qozonxonalar, 809ta qozon hamda 737 km. issiqlik tarmoqlarini mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilish belgilangan. bugungi kunda 19 ta qozonxona , 789 ta qozonlar va 581 km. issiqlik tarmoqlarida mukammal joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, issiqlik ta’minoti sohasida Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 62 ming 361 ta xonadondan iborat 1 ming 399 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 310 ming nafardan ortiq aholi hamda 96 ta ijtimoiy soha ob’ektiga sifatli va uzluksiz issiqlik energiyasi yetkazib beriladi.
Ko‘p kvartirali uy-joy fondi sohasida mamlakatimizda 2 ming 729 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlangan. Xususan, 507 ming kv.m tom qismi, 2 545 ta uylarning kirish yo‘laklari, 1 050 ta yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiyalari, 1 379 ta temir eshiklar va 1 198 ta kodli qulflar, 2 389 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 488 ta uy ichidagi muhandislik tarmoqlari, 918 ta uyning fasad qismini ta’mirlash va 177 ta ko‘p kvartirali uylar atrofidagi umumiy hojatxonalar qurish ishlari amalga oshirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |