Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani "Bog‘bon" mahallasi hududida joylashgan Qozoq milliy drama teatri binosi rekonstruktsiya qilingach, butunlay yangi qiyofaga kirdi.
“Obod qishloq” dasturi doirasida qayta qurilib, jihozlangan ko‘rkam inshoot endi nafaqat teatr, balki tuman baynalmilal madaniyat markaziga aylandi.
Mirzacho‘l – baynalmilal tuman. Bu erda cho‘lni o‘zlashtirishga birinchilardan bo‘lib kelgan turli millat vakillarining farzandlari istiqomat qiladi.
Tuman qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradoshligi tufayli hududning milliy tarkibida qozoqlar alohida o‘rin tutadi. Qadimdan bir oila farzandidek yashab kelgan ikki millat vakillarining milliy madaniyati, urf-odatlari birlashib, bir-birini boyitib kelayotir.
O‘tgan asrning o‘rtalarida respublikamizda yagona Qozoq milliy teatri ham aynan shu erda tashkil etilgan. Keyinchalik teatr faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlashga e’tiborning susayishi oqibatida binodan foydalanishga, ijodiy jamoani shakllantirishga ham imkon bo‘lmay qolgan edi.
Bugun teatr binosi rekonstruktsiya qilinib, tuman markazidagi eng ko‘rkam inshootga aylantirildi. Teatrning tashqi va ichki tomonlarini ta’mirlashda zamonaviy me’morlik va qozoq milliy madaniyati an’analariga xos uslublardan foydalanilib, ko‘rkam va hashamatli madaniyat muassasasi bunyod etildi. Teatr hovlisida manzarali daraxt va gullar ekildi.
Teatr binosidan doimiy foydalanish maqsadida har bir xona rekonstruktsiya qilindi. Qozoq milliy buyumlari ko‘rgazma xonasi tashkil etildi. Milliy cholg‘uchilik, raqs, ashula, tasviriy san’at kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Alohida xonalar ajratilib, o‘zbek-qozoq milliy madaniyat markazining tashkil etilishi e’tiborga molik ish bo‘ldi.
– Prezidentimizning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga berayotgan katta e’tibori tarixiy ildizlari tutash bo‘lgan ikki xalqning madaniy aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotir, – deydi Jizzax viloyati qozoq milliy madaniy markazi raisi O‘tep Saydomonov. – Shu o‘rinda Mirzacho‘lda bir vaqtlar ancha mashhur bo‘lib, keyin faoliyati so‘nib qolgan Qozoq milliy teatrining qaytadan tiklanib, o‘zbek-qozoq milliy madaniyat markazining tashkil etilishi xalqlarimiz mushtarak madaniyatining rivojiga juda katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Markaz faqat xalqlar do‘stligining ramziy ifodasi emas, balki amaliy harakatlar markazi bo‘ladi.
Markazning teatr qanotida tashkil etilgani madaniy tadbirlarni tashkil etish, ijodkorlar bilan yaqin hamkorlikda ishlashda katta qulaylik yaratadi.
Toshqul Beknazarov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |