2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod boʼlayotgan Jizzax

Prezident Xalq qabulxonalari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur hududlarda aniqlangan muammolarni kompleks hal etish chora-tadbirlari koʼrilmoqda.

Jizzax viloyatida ijtimoiy shart-sharoit nisbatan ogʼir hududlar sirasiga kiritilgan 40 ta mahalla fuqarolar yigʼinida jami 101 ta qishloq joylashgan. Natijada joriy yilning oʼzida 28 ta mahalla va ular tarkibidagi 40 dan ziyod chekka va olis qishloqlarda infratuzilmani rivojlantirish, aholining daromadli boʼlishi, tadbirkorlik hamda bandlik borasidagi tashabbuslariga toʼsiq boʼlayotgan masalalarni hal etishga erishilmoqda.


Аrnasoy tumanining Bobur mahallasida roʼy bergan oʼzgarishlar 766 ta oila, qariyb 3,5 ming nafar aholining hayotiga roʼshnolik olib keldi.


Mahalladagi qariyb 2 kilometr ichki yoʼl, Ibn Sino va Maʼrifat koʼchalari asfalьt qilindi, 1,6 kilometrdan ziyodrogʼi esa shagʼallandi. 20 dona beton tayanch oʼrnatilib, jami hisobda 3,5 kilometr havo tarmoqlari tortildi, yana shuncha aloqa kabellari oʼtkazildi, transformatorlar yangilandi. Oʼrikli koʼchasi aholisiga ichimlik suvi yetkazib berildi.


Аrnasoy tumanidagi markazdan olis Chinobod mahallasi paydo boʼlganidan buyon oʼtgan 50 yil davomida Qozoqovul koʼchasining yoʼli tuprogʼu loy, bu yerdagi odamlar suvni tashib ichgan. 1,3 mlrd. soʼm mablagʼ evaziga Qozoqovul, Chinobod, Mustaqillik koʼchalarida yashovchi 100 xonadonga ichimlik suv tarmogʼi tortilib, xisoblagich va kranlar oʼrnatib berildi.


Mahallaning 2,2 kilometrlik 5 ta koʼchasi shagʼallandi, 2 km. markaziy koʼchalari esa asfalьt va sement beton qilindi. Tarmoqlarda olib borilgan yangilash va taʼmirlash ishlaridan soʼng elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi. Bundan tashqari, hududdagi 12-umumtaʼlim maktabi joriy taʼmirlandi.

Gulzor mahallasi Mirzachoʼl tumanining Аydarkoʼlga yondosh eng chekka aholi punkti. Yillar davomida yigʼilgan muammolar zalvoridan xalos boʼlish nima ekanini faqat mana shu yerning odamlari, 242 ta xonadonda yashovchi insonlar yaxshi tushuntirib bera olishi mumkin.


Mazkur Gulzor mahallasida yashaydigan 1500 nafardan ortiq aholinining turmush tarzini yaxshilash maqsadida olib borilgan ishlar natijasida barcha koʼchalar taʼmirlandi, 4,5 – 5,5 metr kenglikda 7 kilometrdan ziyod asfalьt va sement beton ishlari bajarildi. Eng chekka Аydarkoʼl koʼchasi esa shagʼallashtirildi.

Shular qatorida himoyalangan 3,2 kilometrlik havo tarmoqlari tortilib, 55 dona tayanch beton ustunlar oʼrnatilishi natijasida elektr energiya, muntazam tashib keltirilib, qoʼshimcha ballonlar ajratilgani ortidan suyultirilgan gaz taʼminoti yaxshilandi. 9,5 km yangi tarmoqlar barcha xonadonlarga ichimlik suvi olib kelgan boʼlsa, yaqin haftalarda 2 kilometr irrigatsiya tarmoqlari ham yangilanib, oqar suv muammosi barham topadi.


Gʼallaorol tumanidagi Qipchoqsuv QFY tuman markazidan 50 chaqirim olisdagi eng chekka hududlardan biri. Eʼtibor bering, Qipchoqsuv qishloq fuqarolar yigʼini Xitoyuz, Tollisoy, Shirinbuloq, Kichiksoy, Solin, Kattasoy, Qoʼrgʼonchol, Qoʼshbuloq, Safarbuloq, Dovul, Naxrach, Qayragʼochli kabi 12 ta qishloqdan iborat boʼlib, 38 ta ichki yoʼllar mavjud. Shu paytga qadar yoʼllarning asosiy qismi tuproq yoʼl boʼlgan. Oʼtgan davrda Xitayuz, Qoʼrgʼonchol, Solin qishloqlarida ichki yoʼllar qum-shagʼal aralashmali qattiq qoplamaga oʼtkazildi. Solin va Tollisoy qishloqlarini bogʼlovchi yoʼllarning 1 km betonlashtirilib, 1,2 kmga asfalьt yotqizildi.


Ichimlik suvi masalasi olis qishloqning ogʼriqli muammolaridan biri edi. “Obod qishloq” dasturi doirasida QFYdagi Solin, Qoʼrgʼonchol va Kattasoy qishloqlarining har birida bittadan artezian qudugʼi qazilib, Solin qishlogʼida 6 km, Kattasoy qishlogʼida 1,5 kilometrli ichimlik suvi tarmogʼini tortish ishlari davom ettirilmoqda.

Xuddi shu kabi, Shirinbuloq qishlogʼida eskirgan 80 ta simyogʼoch va transformator yangilanib, yarim asrlik tarmoqlar oʼrniga 2 kilometrdan ziyod himoyalangan kabel tortildi. Solin va Dovul qishloqlaridagi transformator ham yangilandi.


Jarayonda uzoq manzillarning yoʼl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan birga, ijtimoiy soha obʼektlari ham qayta yuz ochmoqda. Jumladan, Qipchoqsuv fuqarolar yigʼini uchun yangi bino qurib bitkazildi. Solin qishlogʼida 180 oʼrinli 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 3 ming 694 nafar aholiga xizmat koʼrsatadigan Solindagi tibbiy maskan abgor holatga kelib qolgan edi. Dastur asosida bu yerda taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari, Solinda yangi dehqon bozori qurishga kirishildi. Eng olis Qoʼrgʼonchol qishlogʼidagi oʼtgan asrning 70-yillarida qurilgan, avariya holatga kelib qolgan 40-maktab 120 oʼrinli yangi binoga koʼchib oʼtdi.

Raqamlar tili bilan aytganda, Jizzax viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli ogʼir 28 ta fuqarolar yigʼinlari tarkibidagi 40 dan ziyod qishloqlardagi qariyb 230 km yoʼlning ahvoli oʼnglandi, 34 km sement-beton, 49 km asfalьt va 145 km dan ziyod masofada shagʼal yotqizish ishlari bajarildi, 171 km. ichimlik suvi tarmogʼi tortilib, 34 ta suv inshooti yangidan qurildi yoki rekonstruktsiya qilindi, 6 ta transformator yangilandi, 85 km. masofada elektr tarmogʼi tortilib, simyogʼochlar beton ustunlarga almashtirildi, bundan tashqari 62,5 kilometr aloqa tarmoqlarini ishga tushirilgan.


36 ta ijtimoiy soha obʼektlarida 23,3 mlrd.soʼmlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan boʼlib, ushbu obʼektlarning 19 tasi foydalanishga qabul qilingan. Bir soʼz bilan aytganda yil yakuniga qadar buyonkorlik ishlari olib borilgan qishloq va mahallalarning 166 ming nafardan ziyod aholisini oʼylantirib kelayotgan tizimli muammolar barham topadi.

05.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar