Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Yangiobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzaxdagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda qishloq va mahalla fuqarolar yig‘ini infratuzilmasini rivojlantirish dasturi bo‘yicha respublika byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, manzilli dastur loyihasiga kiritilgan Yangiobod tumanidagi “Balandchaqir” mahalla hamda “Havotog‘” qishloq fuqarolar yig‘inlari bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi.
Joriy yilda tuman fuqarolaridan tushgan murojaat va takliflar mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. Natijada 24 ta masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi farmoyishiga asosan respublika byudjetidan 80 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu mablag‘lar evaziga mahallalardagi muammolar bosqichma-bosqich hal etildi.
Qabulda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagilarning yer va kredit olish, pensiya ta’minoti, uy-joy ta’miri, moddiy yordam, kommunal xizmat sohasiga taalluqli 65 murojaatchining 79 ta masalasi tinglandi. 7 ta murojaat joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 ta murojaatchiga huquqiy maslahatlar berildi. 70 ta ijrosi vaqt talab etadigan murojaat bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
“Balandchaqir” MFY hududidagi “Bog‘ishamol” va “Istiqbol” ko‘chalaridagi yaroqsiz sim yog‘ochlarini almashtirish, elektr toki pastligi sabab qo‘shimcha yana 1 dona transformator o‘rnatish taklifi bildirildi. Murojaat elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shu vaqtning o‘zida hal etishga kirishildi va 50 ta xo‘jalik istiqomat qilayotgan mazkur ko‘chaga 2,1 kilometr elektr tarmoqlari tortilib, 1 dona yangi transformator o‘rnatildi.
– Qabulga tabiiy ofat natijasida talafot ko‘rgan uyimni ta’mirlashda yordam so‘rab murojaat qilgandim, – deydi “Sovot” QFYning “Baxt” ko‘chasida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi Mehriniso Qurbonboyeva. – Murojaatimni o‘rganib chiqib uyimni ta’mirlashda yordam beradigan bo‘lishdi.
– “Havotog‘” qishlog‘ida yashaymiz,– deydi “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi Musurmonqul G‘apporov. – Turmush o‘rtog‘im Umidaxonni viloyat markazidagi shifoxonaga olib borib operatsiya qildirish uchun “qo‘lim kaltalik” qildi. Shunga amaliy yordam so‘rab kelgandim. Viloyatning malakali mutaxassislari tomonidan jarrohlik operatsiyasi uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam Jizzax viloyat ilmiy markaziga order berishdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari 14 ta guruhga bo‘lingan holda viloyat hokimi, sektorlar, korxona, tashkilot va mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilib olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |