Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda 150 ga yaqin tadbirkorlik sub’ekti ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalar ijobiy hal etildi.
Xususan, Qiziriq tumanidagi “Grand global” MCHJ rahbari Sh. Aliqulov onlayn-kassa orqali chek summasi noto‘g‘ri chop etilgani va ushbu chekni tahrirlashda yordam so‘rab murojaat qildi.
Tadbirkorning murojaati bo‘yicha belgilangan tartibda noto‘g‘ri summa qayd etilgan chekni tahrirlashga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan “Denov mazali suvlari” korxonasi rahbari A. Choriyev sifatsiz holga kelib qolgan mahsulotlarni QQS hisobotida aks ettirish masalasida murojaat qildi.
Mutaxassislar tomonidan yaroqsiz mahsulotlarni QQS hisobotida aks ettirish imkoniyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi ayni vaziyatda tadbirkorning masalasini tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Uchrashuvda biznes vakillari tomonidan berilgan takliflar tinglandi, ularning murojaatlarida bildirilgan masalalar ijobiy hal etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |