2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi sayyor qabul o‘tkazdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yangi Andijon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Turli muammo va masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar bilan viloyat hokimi, prokuraturasi, ichki ishlar, soliq boshqarmalari hamda qator viloyat tashkilotlari rahbarlari bevosita suhbatlashdi, odamlarning muammolari tinglandi, murojaatlar imkon qadar shu yerning o‘zida hal etildi.

– Bu kabi qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimiz oldimizga qo‘yayotgan eng birinchi vazifa - odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash, ularning muammolarini hal etishga, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish,  – deydi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. – Qolaversa, bu kabi muloqotlar bizgacha yetib kelmayotgan muammolardan xabardor bo‘lishga, joylardagi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.  

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, temir-betonli elektr simyog‘ochlar o‘rnatish, eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, suyultirilgan gaz ballonlari ajratilishi, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish  va boshqa masalalarga oid 300 dan ziyod murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarning aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolar yechimini topishga imkon bermoqda. Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi bilan odamlarning muammo va tashvishlarini hal etish, og‘irini yengil qilish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

31.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar