Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Prezident Xalq qabulxonalari Zomin tumanidagi Peshag‘or qishlog‘ida navbatdagi ochiq-jonli muloqotni tashkil qildi. Unda asosan elektr energiyasi, gaz, yo‘l, ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar hal etildi.
Zominning Baxmatchoy qishlog‘idan qabulga kelgan A.Iskandarov, R.Kattaboyev va X.Umarov bir masala – elektr energiyasi ta’minotidagi muammolarni hal qilishda amaliy yordam so‘rashdi. Mazkur murojaat asosida Baxmatchoyga yangi, kattaroq quvvatli transformator o‘rnatib berildi.
Murojaatlar asosida Zominning chekka-olis qishloqlariga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. G‘o‘lba qishlog‘i aholisidan bu borada kelib tushgan murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, aytilgan masalalar hal qilib berildi.
Beshkubi qishlog‘idan qabulga kelgan E.Mamatov ham qishloqdoshlari oldiga xushxabar bilan qaytdi. Dasturlar asosida qishloqning 2,5 mingdan ziyod aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Peshag‘ordagi ommaviy qabulda «Gulshan» mahallasida yashovchi D.Zoirov, B.Nuraliyev, O.Nazirov berilgan bo‘lsa, o‘zini o‘zi band qilib, daromad topishni istagan bir qator murojaatchilarga subsidiya hisobidan pishiriq pishirish pechlari va tikuv mashinalari olib berildi. Masalan, Qoracha qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi N. Jumanovaga maishiy jihozlar taqdim etildi, kelgusida uy-joyini ta’mirlashga ham yordam beriladi.
Qo‘shtollik G.O‘rozboyevaga esa avvalgi qabulda subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgan edi. Gulchehra qisqa vaqtda o‘zi kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj qishloq ayollarini birlashtirib, kooperatsiya tashkil etib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratdi.
Muloqotlar natijasida D.Jalilov, G.Abulqosimova, S.Shoyzoqova, Z.Olishova, J.Abdullayev, D.Jumaboyeva, G.O‘sarova singari og‘ir ijtimoiy ahvoldagi 23 ta oila talaba farzandlariga kontrakt pullari to‘lab berildi.
Qabullar davomida avvalgi murojaatlar tahlili asosida belgilangan vazifalar ijrosi ham monitoring qilinib, turli yo‘nalishlardagi ishlar jadallashtirildi. Shu yil bahorida yuz bergan kuchli sel toshqinlari Peshag‘or va unga yondosh o‘ndan ziyod qishloqlarning suv o‘zanlaridan toshib, to‘rtta ko‘prikni yuvib ketgan, oqibatda aholidan qator murojaatlar kelib tushgan edi.
Prezidentimiz topshirig‘i asosida bu borada alohida hujjat qabul qilinib, sel oqibatlarini bartaraf qilish, infratuzilmani tiklash bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratildi. Bugunga kelib, Peshog‘ar va Achchi qishloqlari, Jizzax – Zomin avtomobil yo‘lidagi to‘rtta ko‘prik yangidan qurildi, ko‘prik o‘tkazgichlari, ko‘targichlari mukammal ta’mirlandi. Sel o‘zanlari tozalanib, qirg‘oqlar mustahkamlanmoqda.
Mo‘g‘ol qishlog‘ida esa tegishli dasturlar asosida 11,4 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, yangi suv saqlash rezervuari barpo qilinmoqda. Bu bilan Mo‘g‘oldagi 300 ta xonadonga obodlik kirib boradi, shuncha aholini ancha vaqtdan beri o‘ylantirgan tizimli masalalar hal qilib beriladi.
«Oqtepa» mahallasidagi ko‘chalar anchayin ta’mirtalab bo‘lib qolgani rost. Shu bois ham joriy yil avvalidagi o‘rganishlardan so‘ng bu masala tegishli dasturlarga kiritilib, qariyb 2,8 km.li 6 ta ko‘chani asfaltlash rejalashtirilgan edi. Ayni paytda bu ko‘chalar tekislanib, uning tosh-shag‘alli asosi bunyod qilinmoqda. Hademay, asfalt qoplamasi to‘shaladi.
Ha, bu kabi odamlar hayotida real o‘zgarishlar yasaydigan amaliy ishlar g‘oyalari avvalo xalq bilan ochiq-jonli muloqotlarda paydo bo‘ladi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan mamlakatimizdagi 5 ming 280 dan ziyod, Jizzax viloyatidagi 159 ta mahalladagi yo‘l, suv, elektr energiyasi, gaz, ijtimoiy soha ob’ektlari bilan bog‘liq tizimli masalalar hal qilinadi.
Qabullar jarayonida sayyor tibbiy ko‘rik tashkil qilindi, qator murojaatchilarga davolanish uchun yo‘llanmalar ajratildi. Mo‘g‘ol qishlog‘ida yashovchi S.Bobojonov murojaatidan so‘ng uning tug‘ma nogironligi bor farzandiga ham bepul davolanishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Prezident Xalq qabulxonasi Zomin tumani Peshag‘or qishlog‘ida tashkil qilgan navbatdagi ommaviy qabulda 202 nafar murojaatchining 237 ta masalasi ko‘rib chiqilib, uning 64 tasi joyida hal qilindi, 4 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 169 ta masala bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |