O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan joriy yilning 2-15 noyabr kunlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” g‘oyasi asosida muruvvat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mana shunday tadbir Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi, senator U.Jalmenov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, internat uylarida istiqomat qilayotgan bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar ko‘rsatishning yangilangan tizimini joriy etish orqali ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan aholining yordamga muhtoj qatlamlarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni, ayniqsa, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj yolg‘iz keksalarni manzilli ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyining 250 o‘ringa mo‘ljallangan yangi binosi 2018 yili kurilgan. Bu yerda davlat ta’minotiga olingan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari bo‘lgan, 18 yoshdan yuqori bo‘lgan I va II guruh nogironlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Bayram munosabati bilan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan 20 million so‘m homiylik yordami ko‘rsatildi.
Tadbir ishtirokchilarga konsert dasturi namoyish etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |