Andijon viloyatidagi 887 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan 63 ming nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Oktyabr oyining birinchi yarmiga qadar ularning 58 ming 784 nafariga yordam ko‘rsatilgan.
O‘rganishlar, xotin-qizlar bilan o‘tkazilgan bevosita suhbatlar jarayonida “Ayollar daftari” ga kiritilgan 21 ming nafarga yaqin ayolning tibbiy himoya, salomatligi bilan bog‘liq muammolari borligi aniqlangan. Olib borilgan amaliy ishlar natijasida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uning hududiy birlashmalari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan tibbiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand 19 ming 944 nafar xotin-qizning muammolari hal etildi.
Buning uchun qariyb 4 milliard 473 million so‘m mablag‘ sarflandi. Yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarning 3 ming 584 nafariga dori-darmonlar, 113 nafariga murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun yo‘llanma, 736 nafariga tibbiyot muassasalarida davolanishi uchun yo‘llanma (order)lar berilgan. 142 nafari reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi. Shuningdek, 166 nafariga respublikaning boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalariga borib kelish xarajatlari to‘lab berildi, 15 ming 203 nafariga esa turli tibbiy xizmatlar bo‘yicha yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, “Ayollar daftari” ga kiritilgan 4 ming 183 nafar ehtiyojmand ayolning tibbiy himoyaga muhtoj farzandlarining muammolari hal etildi.
Umuman, viloyatda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tibbiy himoya, salomatligi bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |