Ishtixonlik Azamat O‘roqov 2008-yilda avtohalokatga uchrab, salomatligini yo‘qotdi. Ayni kuch-quvvatga to‘lgan, uy-joy qiladigan paytida aravachaga mixlanib qoldi.
Tor hovlida aka-ukalari bilan uch oila birga yashaydi. Bunday vaziyatda uy qurish, turar joy qilib ko‘chib chiqish Azamat uchun ushalmas orzu edi. Ammo keyingi yillarda yurtimizda imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand insonlarni uy-joy bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bu borada davlatimiz tomonidan bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilishi Azamat singari kishilarning ham orzulari ro‘yo emasligini ko‘rsatdi.
Qish eshik qoqib turgan shu kunlarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi “Sheyxlarkent“ mahallasida bunyod etilgan 32 xonadonli ikkita ikki qavatli yangi uy A.O‘roqov singari ehtiyojmand oilalarga tantanali topshirildi.
– Bizga yangi uy berilishini eshitganimizdanoq ko‘nglimizda umid uchqunlari paydo bo‘lib, hayotga muhabbatimiz oshgan edi, – deydi A.O‘roqovning turmush o‘rtog‘i Dilfuza Muxtorova. – Bugun esa quvonchimizning cheki yo‘q, shunday zamonaviy uyga ega bo‘lganimizga ishongimiz kelmaydi. Turmush o‘rtog‘im, farzandlarim, barchamiz Prezidentimizdan minnatdormiz.
Inson manfaati ustuvor bo‘lgan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat zamirida xalqimiz turmush farovonligini oshirish, ayniqsa, aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadi mujassam. Xususan, insonning o‘z uy-joyiga ega bo‘lishdek oliy maqsadi amalga oshishi uchun davlatimiz tomonidan berilayotgan amaliy ko‘mak tufayli bugun imkoniyati cheklangan kishilar, kam ta’minlangan oilalar shahar va qishloqlarimizda bunyod etilayotgan ixcham, ko‘rkam uylarda hayot kechirmoqda. Yangi uyga munosib yangicha yashashga intilmoqda.
“Sheyxlarkent“dagi 32 xonadonning 14 tasi imkoniyati cheklangan kishilarga berildi. Ular yangi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘ldi.
– Bir necha yildan buyon qizim ikkimiz boshpanasiz, qisinib-qimtinib yashardik, – deydi ikkinchi guruh nogironi Dilbahor Kamolova. – Oladigan nafaqa pulimizni eb-ichishimiz, kundalik xarajatlarimizga sarflardik. Uy sotib olish yoki qurish uchun imkoniyatimiz bo‘lmaganidan bu haqda o‘ylash ham qiyin edi. Orzu qilardik, xolos. Yaratganga shukr, davlatimizning g‘amxo‘rligi tufayli o‘z uyimizga ega bo‘ldik. Yangi xonadonimizga tikuv mashinasi ham keltirib berishdi. Endi qizim ikkimiz tikuvchilik qilib, qo‘shimcha daromad topishimiz mumkin.
Yangi xonadonlarni topshirish marosimida Samarqand viloyati va Ishtixon tumani hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, uy egalarini tabrikladi. Imkoniyati cheklangan kishilarga 20 ta nogironlik aravachasi va boshqa sovg‘alar topshirildi.
G‘.Hasanov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |