Har bir hududning salohiyatidan kelib chiqqan holda “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida mebelsozlik, temirchilik, kosiblik kabi tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. Asosiysi, tadbirkorlar safi kengayishi barobarida tumanning iqtisodiyoti yuksalmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan tumandagi yangi ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan muloqot qildi. “Beglar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Lion Print” xususiy korxonasida gofra korobkalar, etiketkalar, plyonka paketlar kabi jami 50 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirda korxonada 100 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi.
Mahsulotlar ichki bozor bilan birga qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Hozirda korxonada 5 million dollar qiymatidagi yangi loyiha doirasida 7 qavatli ma’muriy bino va 4 qavatli ishlab chiqarish majmuasi qurilishi yakunlanmoqda. Tadbirkor viloyat rahbariga korxonaning kelgusi rejalari haqida ma’lumot berdi. Korxona rahbarining hududni kanalizatsiya tarmog‘iga ulashda amaliy yordam berish borasidagi murojaati ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, korxona elektr ta’minotida ogohlantirishsiz uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma berildi. Viloyat rahbari “Al-Mansur” xususiy korxonasi tomonidan tumanda barpo etilayotgan yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilishini ham borib ko‘rdi. Loyiha qiymati 15 milliard so‘m bo‘lgan korxonada qurilish ishlari yakunlanib, hozirda uskunalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Korxonani kelgusi yil mart oyida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
“Yangiqadam” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Xumo mebel 2010” xususiy korxonasi tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishildi. 5 milliard so‘m mablag‘ hisobiga amalga oshirilgan loyiha natijasida 20 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Korxona faoliyatini takomillashtirish hamda kengaytirish maqsadida bank krediti olishga yordam berish yuzasidan tadbirkorning murojaati ijobiy yechim topdi.
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi rahbariga Jahon banki mablag‘lari hisobidan 1,5 milliard so‘m imtiyozli kredit olish masalasida ko‘maklashish topshirig‘i berildi. Tumanning “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ravshan teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati oilaviy korxonasida zamonaviy bosh kiyimlar to‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkor Dilfuza Hamdamova tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu korxonada zamonaviy Xitoy to‘quv dastgohlari yordamida ishlab chiqarilayotgan bosh kiyimlar sifati va bejirim dizayni bilan xorijnikidan qolishmaydi. Korxonada 100 nafardan ziyod mahalla ayollari doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, yana 60 nafarga yaqin xotin-qizlar kasanachilik asosida ishga jalb etilgan.
Viloyat hokimi bilan muloqot qilgan Dilfuza Hamdamova besh nafar opa-singillari ham ushbu tadbirkorlik turi bilan mashg‘ul ekanliklarini, o‘z xonadonlarida oilaviy korxona sifatida faoliyat yuritishayotganini ma’lum qildi. Tadbirkorning ushbu oilaviy korxonalarni birlashtirib, yirik ishlab chiqarish majmuasiga aylantirish, chakana va ulgurji savdo markazini tashkil etish bo‘yicha rejasi viloyat hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, ushbu loyihani joylashtirish uchun ishlab chiqarish maydoni ajratish masalasi hal etiladigan bo‘ldi.
“Yashnarobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Zahro Med Sentr" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish va jihozlash uchun 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish hisobiga tashkil etilgan zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasasida kasalliklarni diagnostikasi hamda davolash yo‘lga qo‘yilgan. Klinikada 20 nafardan ziyod tibbiyot xodimlarining doimiy bandligi ta’minlangan. “Koinot afsonalari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti mahallada yashovchi oilalarning 100 nafardan ziyod farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olgan. Loyiha qiymati 6 milliard so‘m bo‘lgan ushbu muassasa jami 310 o‘ringa ega.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Beglar” mahallasi hududida barpo etilgan, loyiha qiymati 1 milliard 800 million so‘m bo‘lgan “Little Harvard” xususiy maktabida ham bo‘ldi. Tadbirkor Otabek Muhammadaliyev davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida tuman mudofaa ishlari bo‘limining 1 qavatli binosini 1,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflab, qo‘shimcha ikkinchi qavat barpo etgan holda qayta ta’mirlab zamonaviy ko‘rinishga keltirib berishi evaziga unga tuman mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan xususiy maktab qurish uchun yer maydoni ajratilgan.
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan 192 o‘rinli ta’lim maskani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ingliz va rus tili hamda mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishga ixtisoslashgan ushbu muassasada 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Viloyat hokimi tumandagi “Yangiqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Egamberdi ota fayz baraka savdo” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan innovatsion avtomaktab faoliyati bilan ham tanishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |