2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijon va Farg‘onada Prezident maslahatchisi Ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari viloyatlardagi sharoiti og‘ir bo‘lgan eng chekka qishloqlarda tunab, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va o‘z joyida hal etish bo‘yicha ishlarni boshlagandi.

Tajriba sifatida ilk manzil Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani tanlangan edi. Navbatdagi manzil Andijon viloyatining Asaka hamda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani bo‘ldi.  

Ishchi guruh a’zolari tomonidan Asaka tumanidagi 70 ta mahallada uyma-uy yurilib, 3 434 ta xonadon, 27 ta ijtimoiy soha ob’ekti o‘rganildi. Jami 1 892 ta muammo aniqlanib, hozirga qadar ularning 100 ga yaqini joyida hal etildi. Qolganlari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi tuzilib, yechimi bo‘yicha manzilli tadbirlar rejalashtirib olindi.  

Jumladan, o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz 177 nafar fuqaroga kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun «Har bir oila tadbirkor», «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» kabi qator dasturlar bo‘yicha deyarli 3,5 milliard imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratildi.  

Beshariq tumanidagi 50 ta mahallada ham «xonadonbay» o‘rganish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirga qadar 5 622 ta xonadon sharoitlari bilan tanishildi. Natijada 2 mingga yaqin muammo aniqlanib, ularning 150 dan ziyodiga joyida yechim topildi. 

Xususan, 200 nafar aholini oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida 4,5 milliard so‘mga yaqin imtiyozli kredit hamda subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.

Yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan «Beshariq», «Usmonobod», «Qiyat-Sartol», «Chorbog‘to‘rong‘i» mahallarida yashovchi 14 nafar fuqaroning uy-joylarini ta’mirlash uchun 500 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.  

Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

07.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar