2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qo‘rg‘ontepaliklar murojaati ijobiy hal etildi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida 2020 yilning 1 may kuni sodir bo‘lgan falokat, ya’ni suv ombori o‘pirilishi natijasida tumanning ko‘plab gidrotexnik inshootlari jiddiy zarar ko‘rgan edi.

Xususan, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ariq va latoklarvayron bo‘lib aholining tomorqalarini oqar suv bilan ta’minlash to‘xtab qolgan edi.

Joriy yilning 26 oktyabr kuni suv xo‘jaligi vaziri Sh.Hamroyev Sardoba tumanida sayyor qabul o‘tkazgan vaqtida Qo‘rg‘ontepa MFY aholisining xaqli murojaatini e’tiborsiz qoldirmadi. Suv xo‘jaligi vazirining topshirig‘iga ko‘ra,  tuman hududidan oqib o‘tuvchi KTV-1a-u-1 sug‘orish tarmog‘idan Qo‘rg‘ontepa MFY ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirilgan, zarar ko‘rgan latoklarni yangilashga kirishildi.  

Ushbu rekonstruksiya ishlari “Ko‘chmas nur” MCHJ quruvchilari tomonidan olib borilmoqda. Hozirgi kungacha ish hajmining 30 foizi amalga oshirildi. Latoklarni o‘rnatish ishlari yakunlangach, Qo‘rg‘ontepa MFYda yashovchi 193 ta xonadon tomorqalari va tumanning G‘.G‘ulom xududidagi 120 gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari oqar suv bilan ta’minlanadi.

– Suv xo‘jaligi vaziri mahallamizda sayyor qabul o‘tkazib,  hududdagi zararlangan latoklarni yangilab berishga va’da qilgan edi.U kishi so‘zining ustidan chiqdi. Hozir zararlangan latoklar yangisiga almashtirilmoqda. Mahallamiz aholisi bundan juda minnatdor, – deydi  mahalla faxriysi Toshpo‘lat Xo‘jaqulov.

19.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar