Qadrli vatandoshlar!
Siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
2022 yilda mashaqqatli va jasoratli mehnatimiz bilan taraqqiyot yo‘lida muhim marralarga erishdik. Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar qo‘ydik.
Dunyodagi g‘oyat murakkab vaziyat, global inqirozga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil rivojlanmoqda.
Mirishkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirdilar.
Sanoat, qurilish, raqamli texnologiyalar, turizm sohalari jadal rivojlanmoqda.
Shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz har tomonlama obod bo‘lmoqda.
Yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, aholi daromadlari va hayot darajasi oshmoqda.
Yoshlarimiz xalqaro maydonlarda iste’dod va mahoratini namoyon etib, Vatanimizni dunyoga tanitmoqda.
Xalq ovozi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaymoqda.
Eng muhimi, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo totuvlik hukm surmoqda.
O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori yuksalmoqda.
Shu qutlug‘ ayyomda erishgan barcha yutuqlarimizning bunyodkori bo‘lgan siz, aziz yurtdoshlarimga, butun xalqimizga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.
Muhtaram do‘stlar!
Mamlakatimizda 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berdik.
Yangi yilda insonni qadrlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yuqori bosqichga ko‘taramiz.
Farzandlarimiz sifatli ta’lim va tarbiya olib, barkamol shaxs bo‘lishlari uchun boshlagan ishlarimizni izchil davom ettiramiz.
Muhtaram faxriylarimiz, aziz ayollarimiz, shuningdek, yordamga muhtoj insonlar uchun munosib sharoit yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Ilm-fan, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalari vakillarini, o‘qituvchi va murabbiylarni qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Muxtasar aytganda, jonajon Vatanimizda hech bir inson jamiyatimiz va davlatimizning mehri va e’tiboridan chetda qolmaydi. Buning uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2023 yil bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilayman.
Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin!
Barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Shavkat MIRZIYOEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |