Qish-qirovli kunlarda avvalo Arnasoyning markaziy va ichki yo‘llarini qor-yaxmalakdan tozalash, aholining elektr energiyasi, gaz, ko‘mir, ichimlik suvi bilan bog‘liq eng birlamchi hayotiy masalalarini hal qilishga asosiy e’tibor qaratildi.
Aytaylik, Bo‘ston, G‘ofur G‘ulom, Oltin vodiy singari mahallalarda uchta yangi transformator o‘rnatilishi bilan minglab insonlar xonadoni ham, qalbi ham charog‘on bo‘ldi. Birgina “Bo‘ston” mahallasida yangi transformatorga qo‘shib 110 ta eskirgan simyog‘och o‘rniga beton ustunlar o‘rnatilishi-yu 3 kilometr elektr tarmog‘i yangilanishi bilan bo‘stonlik 1 ming 120 ta oila vakillarini anchadan beri o‘ylatib kelgan tizimli masalaga yechim topildi.
Xuddi shunday “Oltin vodiy” mahallasidagi Farovon, G‘afur G‘ulom qishlog‘ining Yangidala,Amir Temur ko‘chalariga-da beton ustunlar o‘rnatilib, yangi tarmoqlar tortib berildi. Arnasoyliklar ham shunday sovuq kunlarda o‘z muamolarini hal qilish uchun xizmat qilayotgan xodimlarni issiq choylar bilan siylayotganini ko‘rib, xayolimizdan birgina gap o‘tdi: “yaxshilikning javobi albatta yaxshilikdir”.
O‘rganishlar davomida “Bo‘ston” mahallasidagi 4 ming 900 nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatayotgan oilaviy shifokorlik punktini isitishga mo‘ljallangan ikkita qozonxonaga qo‘shimcha havo nasoslari o‘rnatilishi bilan tibbiyot muassasasidagi barqaror issiqlik ta’minlandi.
Qishda “zangori olov”ga ehtiyoj har qachongidan ham oshadi. Shu bois ham “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosidagi o‘rganishlar natijasida arnasoyliklar talabidan kelib chiqib, 7 ming 470 dan ziyod suyultirilgan gaz ballonlari yangilab berildi. “Yangiobod”, ”Chinobod”, “Zarafshon” mahallalariga borganimizda bu boradagi amaliy ishlarga guvoh bo‘ldik.
Bundan tashqari, 660 tonna ko‘mir olib kelinib, birinchi navbatda, ehtiyojmand, ko‘p bolali oilalarga tarqatildi.
“Oltin vodiy” mahallasidagi Markaziy suv uzatish inshootidagi ikkita nasos agregati ta’mirlanib, qayta ishga tushirilishi bilan mahallalarda ichimlik suvi bosimi kuchaytirilib, suv ta’minoti barqarorlashtirildi.
Ayniqsa, Bo‘ston, Baxtli, Zarafshon mahallalaridagi salkam mingga yaqin xo‘jalik tomorqasiga obi-hayot yetkazish uchun yangi irrigatsiya tizimi barpo qilishga kirishilgani bilan jami 48 ta mahalla aholisining 30-35 yillik orzu-armonlari ushaladigan bo‘ldi.
Yoki Baxtli mahallasi aholisi murojaatlariga asosan qishloqdagi zovur ustida ichki imkoniyatlar hisobidan yangi ko‘prik qurib berish ishlari boshlangani ham ko‘pning kuchi birlashayotganiga yaxshi misoldir.
E’tiborlisi, arnasoylik faollar, nuroniylar, tadbirkorlar tashabbus bilan chiqishib, qishloq-mahallalardagi bu kabi muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatishga qaror qilishdi. To‘liq ichki imkoniyatlar hisobidan amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari esa hududlar qiyofasini yangilashda ham, aholi turmush sharoitini yaxshilashda ham qo‘shimcha quvvat bo‘ladi.
Respublika ishchi guruhining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan yana biri – aholi dasturxoni to‘kinligi-yu ro‘zg‘ori butligini ta’minlash, ishsiz insonlar uchun doimiy ish va barqaror daromad manbai yaratish uchun amaliy yordam berishdan iborat. Tumandagi “Arnasoy Gold Tex” qo‘shma korxonasidagi o‘rganishlar bu korxonaning to‘liq quvvat bilan ishlashi ta’minlansa, shu yerda mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish imkoni borligini ko‘rsatdi. Korxonani bosqichma-bosqich to‘la quvvat bilan ishlashiga tashkiliy-huquqiy yordam berish, viloyat va respublika darajasidagi masalalarini hal qilishga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilanib, tumandagi ishsiz xotin-qizlar korxonadagi shart-sharoitlar, ish haqi, imtiyozlar va mehnat jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi, o‘nlab ayollar esa shu yerda ishlash istagini bildirdi.
Bundan tashqari, tikuvchilikka uquvi bor, biroq og‘ir ijtimoiy ahvoldagi 121 nafar xotin-qizga uyda ishlab daromad topishi uchun subsidiya hisobidan tikuv mashinalari, pishiriq pishirish pechlari va boshqa ish anjomlari olib berilgan bo‘lsa, yana 165 nafar murojaatchiga jami 1 mlrd. so‘mlik subsidiya hisobidan mehnat qurollari olishi uchun tavsiyanomalar berildi.
Bo‘ston mahallasi Ahilobod ko‘chasida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan Gulsum Jumashevaga ham tikuv mashinasi berilib, uning tikuvchilik sir-asrorini yanada puxta o‘rganishi-yu doimiy ishlab daromad topishi uchun lider tadbirkorlardan biriga kasanachi sifatida biriktirilgani bu ayolga ham uch farzandini ulg‘aytirishida yaxshigina yordam bo‘ldi.
Bundan tashqari, 200 nafardan ziyod murojaatchiga jami 3,3 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratilishi ta’minlandi. Do‘stlik mahallasida yashovchi Nilufar Egamberdiyeva, Bobur mahallasidan Ochiloy Saparaliyeva singari ko‘plab boquvchisini yo‘qotgan ayollar va farzandlariga sog‘in sigirlar olib berilgani ularga katta madad bo‘ldi.
Og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlar va yoshlar muammolarini hal qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar uy-joylarini ta’mirlash, aholiga moddiy yordam ko‘rsatish uchun mahalliy budjetdan 1,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, Bo‘ston mahallasi Ahilobod ko‘chasida yashovchi 2-guruh nogironi Go‘zal Qodirova, “Baxtli” mahallasidagi Shoira Bolibekova singari o‘nlab og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ayollar uy-joylarini ta’mirlash ishlari boshlandi.
Tibbiy ko‘riklar natijasida xastalik aniqlangan 26 nafar bemor viloyat va tuman shifoxonalariga yotqizilgan bo‘lsa, nogironligi bor 13 nafar inson aravachalar va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
Umumlashtirib aytganda, davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi Arnasoyning 13 ta mahallasidagi 6 ming 830 ta xonadon-u 960 dan ziyod obyektlarda uyma-uy o‘rganishlar olib bordi. “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosidagi o‘rganishlarda aniqlangan 1 ming 580 dan ziyod masalaning 1 ming 210 dan ortig‘i joyida hal qilingan bo‘lsa, qolgan muammolar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, tuman, sektor va mahalla darajasidagi har bir rahbar, har bir mas’ulning har haftalik ish rejasi ishlab chiqilib, nazoratga olindi. Bu boradagi vazifalar natijadorligi esa ular faoliyatiga baho berishda asosiy mezon bo‘ladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |