2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim olis ovullardan birida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgandi

Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlari sanalmish Uchquduq va Tomdi tumanlari, Zarafshon shahrida ob-havo boshqa hududlarga qaraganda yozda issiq, qishda esa ancha sovuq bo‘ladi. Aholi esa sovuq kunlarni odatiy kun hisoblaydi.

Aholini qiynayotgan muammolar xalq ichiga chuqur kirib borilgandagina yaxshi bilinadi. Aytish joizki, Uchquduq tuman hokimi Soli Hamroyevning eng og‘ir, eng chekka hududlarga borib uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganayotgani o‘z samarasini bermoqda.  

bugungi kunda “Istiqlol” MFYga qarashli “Boxantau” aholi yashash punktida 112 ta xonadonda 525 nafar aholi istiqomat qiladi.

Tuman hokimi shu yerga borib, aholi muammolarini o‘rgandi. Elektr energiya, gaz, obodonlashtirish kabi tashkilotlar mutasaddilari ham ishtirok etgan o‘rganishlar davomida qo‘rg‘oncha aholisi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar o‘z joyida ijobiy hal etildi.

Jumladan, Malika Yusupova ikki nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan bir xonali uyda yashab kelmoqda. Farzandlari katta bo‘lib qolgani sabab yonidagi bo‘sh turgan bir xonali uyni qo‘shib berishlarini so‘rab murojaat qildi.  

“Konchilar” ko‘chasida yashovchi onaxon Jibek Algibayeva esa oila a’zolari 7 kishidan iboratligi, nogiron qizi bo‘lganligi sabab, subsidiya asosida uy olishga ko‘mak so‘radi. Onaxonning xonadonidagi mavjud elektr simlari tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan qayta o‘rnatib beriladigan bo‘ldi.

Uyma-uy o‘rganishlar davomida qilingan barcha murojaatlar yuzasidan tuman rahbari tomonidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddilariga tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan uylarni aniqlash, kelgusida uy-joyga ehtiyoji bor oilalarga berish maqsadida qo‘rg‘oncha aholisi o‘rtasida xatlov o‘tkazish vazifasi topshirildi.

Bundan tashqari, tuman rahbari 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, qishning sovuq kunlariga tayyorgarligini ham ko‘zdan kechirdi.

Albatta, xalq bilan muloqot nafaqat murojaatlarni tinglash, balki aholining kundalik hayoti bilan tanishish, masalalarni joyida bartaraf etishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

19.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar