“Obod qishloq” dasturi doirasida Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Xoʻjaqoʻrgʻon qishlogʻida amalga oshirilgan ishlar samarasida 428 uy-joy taʼmirlanib, koʻrkam qiyofa kasb etdi.
Dastlab, ikki mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan hududdagi uylarning har biri koʻzdan kechirilib, uy-joylar holati, tomorqa, oilalarning ijtimoiy ahvoli monitoring qilindi. Har bir xonadonda reja asosida bunyodkorlik ishlari bajarildi.
– Hududda qurilish mollari doʻkoni ishga tushirilib, gʻisht, shifer, ohak va sement mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berildi, – deydi tuman hokimi oʻrinbosari Q.Farmonov. – Qurilish-taʼmirlash ishlari bilan band xodimlarga tushlik tashkil etildi. 24-umumtaʼlim maktabi tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Maktabgacha taʼlim muassasasi, hammom, sunʼiy qoplamali mini-futbol stadioni, bolalar maydonchasi, otalar choyxonasi, oilaviy poliklinika, supermarket qurildi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, 16 kilometr ichki yoʻllar va gaz uzatish liniyasi kapital taʼmirlandi. 14 kilometr elektr tarmogʻi, 5 kilometr toza ichimlik suv quvuri tortildi. Koʻchalarga asfalt yotqizilib, yoritish chiroqlari oʻrnatildi.
Qishloqlar meʼmoriy qiyofasining tubdan yangilanishi, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy soha obyektlari barpo etilayotgani aholining turmush madaniyatini yuksaltirib, dunyoqarashini kengaytirmoqda. Obod va zamonaviy uylarda yashayotgan odamlarning hayotga munosabati oʻzgardi.
– Bolalarimiz yangi oʻquv yilini zamonaviy qiyofadagi muassasada boshlashidan ayniqsa, biz, ota-onalarning quvonchi cheksiz, – deydixoʻjaqoʻrgʻonlik S.Egamberdiyeva. – Shuningdek, bolalar bogʻchasi, mahalla guzari, tibbiyot muassasasi taʼmirlandi. Eng muhimi, har bir uyga toza ichimlik suvi keldi. Telefon kabellari oʻrnatib berildi. Bunday oʻzgarishlardan, albatta, xursandmiz.
“Koʻpdan quyon qochib qutulmas”, deganlari shu boʻlsa kerak, barcha bir maqsad atrofida birlashgani sababli Xoʻjaqoʻrgʻon moʻjaz shaharcha qiyofa kasb etdi.
...Bir-ikki oy xizmat safari bilan yoki davolanish uchun ketgan qoʻshnilarimiz qaytgach, oʻz uyiga ishonqiramay kiryapti. Keyin esa, hayrat bilan “Boʻlar ekan-ku, shunday sharoitda ham yashasa”! deb hayratini yashirolmayapti.
Ahmad Yassaviy koʻchasida qishloq ahli bilan boʻlgan gurungda aytilgan bu gaplardan zavqlanib ketasan, kishi. Ha, biz yashash zavqini endi tuyayapmiz. Hayotimizda his qilyapmiz.
Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |