Xalqni eshitish, aholi talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Natijada aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolari asta-sekin o‘z yechimini topib, odamlar rahbarlardan, davlatdan rozi bo‘lib, orzu-istaklari ro‘yobga chiqmoqda.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i L.Jalov boshchiligida Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi ijtimoiy soha ob’ektlari ko‘zdan kechirilib, qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xususan, tuman markaziy dehqon bozori, 6- va 10-sonli umumta’lim maktablari va tibbiyot birlashmasining tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik, isitish tizimining bugungi holati va ko‘mir mahsulotlarining zaxirasi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasida aholiga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifati, narx-navosi va savdo shoxobchalaridagi yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |