Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini joriy yilning 30 yanvar-6 fevral kunlari Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida olib bordi. Muammolar mahallalar kesimida uyma-uy, “xonadonbay” asosida o‘rganildi.
O‘n yetti vazirlik va idora, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida ishchi guruhlar va tezkor shtablar tuzilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va mavjud tizimli muammolar har tomonlama tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida tuman aholisining asosiy qismi elektr energiyasidagi uzilishlar, gaz ta’minoti pastligi, ichimlik suvi ta’minoti, transport xizmati va ichki yo‘llar holatidan qoniqmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu dolzarb muammolarni hal etish maqsadida qator ijob iy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tumandagi ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash uchun tumandagi 97,5 km. ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 70,4 km. gaz quvurlari ta’mirlandi, 2 ming tonnaga yaqin qo‘shimcha suyultirilgan gaz, 500 tonna qo‘shimcha ko‘mir yetkazildi, 7 ta yangi transformator o‘rnatildi, 8,5 km. yangi elektr tarmog‘i tortildi, 19 ta transformatordan chiquvchi 2,9 km. simlar almashtirildi, 259 dona yangi beton ustunlar o‘rnatildi.
Shu bilan birga tuman aholisi turmush darajasini oshirish maqsadida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 235 nafar fuqaroga 6,6 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi, 320dan ziyod tadbirkor va fuqarolarga 12,4 mlrd. so‘m kredit mablag‘i berildi. Tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha 16 mlrd. so‘m kredit resursi ajratilishi ta’minlandi. 139 nafar ishsiz fuqaroga bepul asbob-uskuna, tikuv mashinasi, pishiriq pechi, inkubator, sug‘orish vositalari yetkazib berildi.
Aholi bandligi masalasi ham Respublika ishchi guruhining e’tibor markazida bo‘ldi. 1 ming 200dan ziyod fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Jumladan, 722 nafar ishsiz fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 158 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi, 101 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi, 208 nafari o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka”si orqali 96 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
O‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarida aniqlangan kamchiliklar ham bartaraf etildi. Oltita maktabga 91 mln. so‘mlik badiiy adabiyotlar to‘plami va sport anjomlari tarqatildi. Uchta maktabga 345 mln. so‘mlik quyosh panellari olib kelinib, o‘rnatish ishlari boshlandi.
Joylarda aholi ijtimoiy muhofazasi ham asosiy masalalardan biri bo‘ldi. 100 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 1,2 mln. so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi, 28 nafar fuqaroga dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun 50 sotixdan yer maydonlarini auksion orqali sotib olishida amaliy yordam ko‘rsatildi, 21 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash ishlari yakunlandi, 9 nafarining uy-joylarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy daftarlardagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 212 nafar fuqaroga 945 mln. so‘mlik subsidiyalar tarqatildi.
Umuman olganda, Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan 7 mingdan ziyod muammolarning 4 mingdan ziyodi joyida hal etildi. Qolganlari bo‘yicha aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va mas’ul ijrochilar belgilangan holda “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |