2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Shofirkonliklarning muammolari hal etilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida davom ettirmoqda.

O‘n sakkizta vazirlik va idora, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilot rahbarlari va vakillari ishtirokida ishchi guruhlar, tezkor shtablar tuzilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganilmoqda.  

«Mahallabay» yurib, uyma-uy aholi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida mas’ullar ishtirokida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.  

Bugunga qadar tumanda 50 ta mahallada 35 150 ta xonadon, 638 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan.  

Joylarda aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi.  

Xususan, Shofirkon aholisiga 695,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 89 ta temir beton tayanchlar, 15 dona yangi transformator o‘rnatildi, 4 ta transformator ta’mirlandi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 14 ta mahallada ishlar boshlangan bo‘lib, hozirga qadar 24 km. tarmoq tortish ishlari yakunlandi. Jami 49,8 km. yo‘l ta’mirlandi.  

«Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida 481 nafar fuqaroga 13,0 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 640 nafar fuqaroga 1,7 mlrd. so‘m subsidiya ajratildi.  

425 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan 295 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 32 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 68 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 30 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.  

«Ayollar daftari»ga kiritilgan 395 nafar ayolga turli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 35 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari, 20 nafariga inkubator, 51 nafar ayolga mini-pechlar berildi, 18 nafar ayollarga uy-joy ta’miri uchun ko‘mak berildi.  

«Yoshlar daftari»ga kiritilgan 84 nafar yoshlarga turli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 57 nafar yoshlarga kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi, 15 nafariga tikuv mashinasi berildi, 6 nafar fuqaroga davolanish xarajatlari qoplab berildi. 

Ishlar davom ettirilmoqda.  

16.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar