Navoiy viloyatining olis Uchquduq tumanidagi “Altintau” ovul fuqarolar yig‘ini tuman markazidan qariyb 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu yerda istiqomat qiluvchi aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Ovul fuqarolar yig‘inida 14-30 yoshdagi yoshlar 100 nafardan ortiq bo‘lib, ularning 22 nafari turli oliy o‘quv yurtlari va texnikumlarda tahsil olmoqda. Bugun xalq bilan muloqot qilish orqali yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan, ularni qiynayotgan muammolar joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullarda o‘z yechimini topmoqda.
Tuman hokimi Soli Hamroyev boshchiligida mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlari ovul fuqarolar yig‘inidagi Qulquduq ovulida bo‘ldi. Dastavval mutasaddilar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ovul yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan voleybol sport musobaqasida ishtirok etdi. Ovul birinchiligi uchun bo‘lib o‘tgan bellashuv g‘olib va sovrindorlariga tuman hokimi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda yoshlar muammolariga yechim izlandi. Qabulda Baurjan va Alimjan Primqulov, Umitxat Aliakbarova ish so‘rab murojaat qildi. B.Primqulov tuman elektr ta’minoti korxonasi ovul bo‘limiga elektrik, U.Aliakbarova ovul fuqarolar yig‘iniga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi. A.Primqulov esa subsidiya asosida uskunalar xarid qilib, o‘zini o‘zi band qiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, ochiq muloqotda Gulzat Orazimbetova, Laylo Jaysanova, Janna Orinbasarova va Marat Aymaxanovlarning oliy va o‘rta-maxsus ta’limdagi kontrakt pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |