2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chekka qishloqda 50 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi

Jizzax viloyati Yangiobod tumanining barcha mahallalari, ayniqsa eng chekka qishloqlarida ham yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilib, bu ishlarda tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, hokim yordamchilari va fuqarolar yig‘inlari mas’ullari birdek jon kuydirmoqda.

Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida bugun tumanning chekka “Sarmich” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi tikuv sexi ish boshladi. Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev yangi ochilgan tikuv sexiga borib, u yerda ishchilarga yaratilgan sharoitlar va ish jarayoni bilan tanishdi, yangidan ish boshlagan tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi.

– Davlatimiz rahbari joriy yil 10 fevral kuni viloyatimizga tashrifi chog‘ida xotin-qizlarni, ayniqsa eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan opa-singillarimizning har birini turli kasb-hunarlarga o‘rgatish, ular uchun bo‘sh ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratgani bejiz emas, – dedi Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev. – Chunki ayollarimiz hunarli bo‘lsa, uylarida xotirjamlik, ro‘zg‘orlarida baraka, oilaviy byudjetida daromad bo‘ladi.

Ushbu tikuv sexi 30 ta yangi va zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlandi. Bu mahalladagi 50 nafar band bo‘lmagan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga xizmat qildi.

Tuman hokimi tadbirkorlar va mahalla mas’ullari bilan suhbatlashar ekan, ushbu tikuv sexi faoliyatini yanada kengaytirish va ish o‘rinlari sonini 100 nafarga yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berdi.  

19.02.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar