2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod manzillarda qo‘shaloq bayramlar

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani markazi Gagarin shahrida “Obod qishloq” dasturi doirasida yangidan qurilgan inshootlar topshirilishi hamda Bosh qomusimizning 26 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan kelgan mehmonlar, quruvchilar va mahalla ahli ishtirok etdi.

Mamlakatimizda odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, og‘irini engil qilish borasida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, “Obod qishloq” dasturi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Bu dastur bo‘yicha Mirzacho‘l tumanida tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yil aprel-oktyabr oylarida Gagarin shahri, shuningdek, G‘alaba, O‘zbekiston, Mustaqillik, Mirzadala, Do‘stlik, Bog‘bon mahallalarida yangilash, obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarildi.

Gagarin shahridagi eski barak usulida qurilgan uylarda yashovchi 380 oila namunaviy tipda qurilgan arzon uy-joylarga ko‘chib o‘tmoqda. Shu kuni shaharning G‘alaba mahallasida 36 ta, Bog‘bon mahallasida 10 ta oilaga namunaviy loyihada qurilgan ko‘p qavatli yangi uylar xonadoni kaliti topshirildi.

Davlatimiz tomonidan xalqimiz turmush farovonligini yaxshilash uchun barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida fuqarolarning Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarini ta’minlash o‘z ifodasini topayotir. Bu hayotiy mushtaraklikni “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarida o‘zgalar ko‘magiga muhtoj yolg‘iz qariyalarga, nogironligi bo‘lgan insonlarga, kam ta’minlangan oilalarning turmush sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotganida ham ko‘rish mumkin.

G‘alaba mahallasida 2 qavatli zamonaviy uy qurib bitkazilishi bu olijanob ishning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Uyning 19 xonadoni alohida e’tiborga muhtoj fuqarolarga berildi.

– Bu erga Mirzacho‘lni o‘zlashtirish boshlagan dastlabki davrlarda ko‘chib kelganman, – deydi yangi uy egalaridan biri Turdixon Xo‘jamberdiev. – Taqdir ekan, yolg‘iz o‘g‘lim vafot etib, nabiralarim bilan eski barakda yashashga majbur bo‘ldim. Davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi bilan yangi uyli bo‘ldim. Keksayganimda mushkulim oson bo‘lib, yangi qurilgan uy bilan ta’minlandim. 

Shu kuni shaharda yangi qurilgan muhtasham “Sadaf” tantanalar majmuasida kam ta’minlangan oila farzandlaridan 9 nafarining sunnat to‘yi o‘tkazildi. “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir savob ish faqat to‘ybolalarning ota-onalariga, yaqinlariga emas, butun shahar ahliga xursandchilik bag‘ishladi.

– Bayramlar bayramlarga ulanib ketdi, degani shu bo‘lsa kerak, – deydi II guruh nogironi Shavkat Madrahimov. – Yangi uyda o‘z xonadonimga ega bo‘ldim. Vatan ichra vataning bo‘lishi ko‘ngilga xotirjamlik beradi. Bu xursandchilik to‘y-tantanaga ulanib ketgani tufayli nimalarni his qilayotganimni tasvirlab berolmayman. Bugun sunnat to‘yi o‘tkazilayotgan farzandlarim Hasan va Husanni haqiqiy vatanparvar yigitlar qilib tarbiyalashga harakat qilaman.

Bayram tadbirlari doirasida milliy va baynalmilal madaniyat ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada tumanda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari o‘zlarining amaliy san’at, hunarmandchilik namunalarini, milliy liboslari, an’analari va taomlarini namoyish etdi.

Taniqli san’atkorlarning kontsert dasturi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudoyberganov ishtirok etdi.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA

27.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar