2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi: kamchiliklarni bartaraf etish uchun ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini jadallik bilan Toshkent viloyatining barcha tumanlarida davom ettirmoqda.

O‘rganishlar davomida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash hamda hal etish bo‘yicha sektorlar va mahallalar kesimida «xonadonbay» ish olib borilmoqda.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davomida alohida e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolda qolayotgan aholi qatlamiga qaratildi hamda ularga amaliy ko‘mak berish pirovard maqsad deb belgilandi.  

Jumladan, «Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida tavsiyalar asosida 463 nafar fuqaroga 11,7 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi, 1 382 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan 494 nafar fuqaro mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy ishga joylashtirildi, 398 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 490 nafar fuqaro kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun o‘qitildi.  

Aholi salomatligini yaxshilash masalasi ham Respublika ishchi guruhi e’tibor markazida bo‘ldi. Jumladan, 106 303 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 4 868 nafari tuman, shahar, 1 202 nafari viloyat shifoxonalariga yotqizilib davolanmoqda, 149 nafarida tuman, shahar, 113 nafarida viloyat darajasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.  

Ijtimoiy soha ob’ektlari atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘rtachirchiq, Toshkent tumanlaridagi 5 ta maktabga 10-25 kVt. quvvatli quyosh panellari ajratildi, Toshkent tumanidagi 3 ta umumta’lim maktabi dars jarayonida foydalanish uchun 3 ta interaktiv doska bilan ta’minlandi. O‘rtachirchiq, Toshkent tumanlaridagi umumta’lim maktablariga «Kitob marafoni» tadbirlari doirasida jami 1 400 dona badiiy adabiyot taqdim etildi, Olmaliq shahar sport maktabiga 11 turdagi sport jihozlari taqdim etildi. Uyda ta’lim olayotgan 30 nafar o‘quvchilar holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alar topshirildi.  

Aholi punktlarida ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida 42,4 km. yo‘l ta’mirlandi. Shundan 19,8 km. ichki yo‘lga asfalt yotqizildi, 4,7 km. yo‘l betonlashtirildi, 17,9 km. yo‘l shag‘allashtirildi. Bundan tashqari, 1 256 ta temir-beton tayanchlar, 4 ta transformator o‘rnatildi, 41,3 km. elektr tarmog‘i tortilmoqda. Natijada 43 ta mahallada elektr ta’minoti yaxshilandi.  

Joylarda 114,2 km. yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Aholi murojaatlari asosida 1 ta suv inshooti transformatori va 5 ta nasos uskunasi almashtirilib, 1 ta suv minorasi o‘rnatildi va 1 ta suv qudug‘i qazildi.  

Respublika ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.  

06.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar