Jizzaxda viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning shahar, tuman bo‘limlari shaxsiy tarkibi ishtirokida “Mahallabay” ishlash tizimi va ushbu mexanizmni samarali tashkil etish” mavzusida o‘quv amaliy-seminarlar tashkil etilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 12 iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash hamda joriy yilning 16 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” gi farmoyishiga ko‘ra viloyatda yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan.
Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida viloyatdagi har bir yo‘l-patrul xizmati inspektorining yo‘l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, har chorakda ularning faoliyatiga baho berib borish amaliyoti yo‘l qo‘yilgan.
“Mahallabay” tizimni amaliyotda samarali ishlashini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘ining ko‘rsatmasi asosida joylarda ishchi guruhlari tashkil etilib, ushbu guruh a’zolariga yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan mas’ul rahbar xodimlar ham jalb etilganini ta’kidlab o‘tish joiz. Ana shu ishchi guruhi rahbar va a’zolari tomonidan joylarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish va ushbu mexanizmni samarali amalga oshirish maqsadida viloyat IIB JXX YHXB va uning shahar, tuman bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan o‘quv amaliy-seminarlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar davomida har bir xodimga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha tushuntirilmoqda.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan har bir yo‘l-partrul xizmati xodimining xizmatga oid bilimlarini kengaytirish maqsadida o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, har bir xodimga yetkazilganini ham shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim.
Mazkur tizim doirasidaga ana shunday o‘quv mashg‘ulotlari G‘allaorol tumanida xizmat olib boruvchi yo‘l-patrul xizmati inspektorlari ishtirokida tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Unda yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga “mahallabay” ishlash tizimi, ya’ni hududning demografik ma’lumotlarini bilishi lozimligi, yo‘l holati, yo‘l belgilari, maktab, korxona va tashkilotlarda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ma’sullar tumandagi haydovchilarni tayyorlash avtomaktabida ham bo‘lib bu yerdagi shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar va amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Mamalakatimiz rahbarining 2022 yil 12 iyuldagi yuqorida nomi zikr etilgan qarori doirasida harakatlanish xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida yo‘l harakati qoidalari sinfxonalari hamda mahallalarda yo‘l harakati avtomaydonchalari tashkil etildi. Ishchi guruhi a’zolari Jizzax shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabi yaqinida tashkil etilgan ana shunday avtomaydonchada bo‘lib, mazkur ta’lim muassasasi o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. Bu yerdagi sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlari haqida o‘zlarining kerakli maslahatlarini berdi.
Shuningdek, mas’ullar viloyat “Nurli maskan” maktab-internatida ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun qurilgan yo‘l harakati qoidalari avtomaydonchasini ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilar uchun maxsus yo‘lakcha, ovozli svetofor, o‘ziga xos uslubda qurilgan yo‘l harakati qoidalari avtomaydonchasiga yuqori baho berildi.
– Ushbu “mahallabay” tizimini to‘laqonli o‘zlashtirib olish uchun amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda nazariy dars mashg‘ulotlari ham muhim ahamiyat kasb etadi,– deydi Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati guruhi mutaxassisi Sabohat Davlatova. – Guruh a’zolari shu kuni Jizzax shahridagi 10-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘lib, yo‘l harakati qoidalari sinfxonasini ko‘zdan kechirdi va bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida urg‘u berdi.
Yo‘l harakati qoidalari dars mashg‘ulotlari mazkur sinfxonada o‘tkazilib, o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini mukammal o‘rganishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Mazkur tizim doirasida amalga oshirilayotgan ishlar albatta yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |