O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari A.Muhammadiyev hamda sektor rahbarlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Tumanning “Nartichuqur” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 150 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi.
Koson tumani hududi jihatidan viloyatning eng katta tumanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. 75 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, qabulda tumanning olis hududlarida joylashgan mahalla fuqarolari ham o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi.
Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, yo‘l qurilishi, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator masalalari mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida 34 ga yaqin fuqaroning murojaati joyida hal etilib, 11 ta murojaat ish yurituviga olindi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan 65 ta xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, FHDYO bo‘limi tomonidan 12 ta murojaat joyida hal etildi. 4 nafar fuqaroga ID kartalari topshirildi. 2 nafar fuqaroga davolanishi uchun order beriladigan bo‘ldi. 5 nafar fuqaroga tadbirkorlik qilishi va o‘z-o‘zini band qilishi uchun zamonaviy 5 dona charx moslamasi topshirildi.
Bundan tashqari, qabulga kelganlarga viloyat tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan 2 nafar fuqaroga elektron nogironlik aravachasi, 5 nafar fuqaroga ovozli tanometrlar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |