2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston tarixida yangi sahifa

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida xalqimizni Navro‘z ayyomi va muqaddas Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan qutladi. Toshkentning qadim tarixini yodga olib, u bugun ham hayotning barcha jabhasida mamlakatimizda yetakchi bo‘lib kelayotganini ta’kidladi.

– Biz aholi talabidan kelib chiqib, oxirgi yillarda Toshkentda juda ko‘p qurilishlar qildik. Endi uning rivojlanish istiqbollarini o‘ylashimiz kerak. Xalqimiz “maslahatli to‘y tarqamas” deganidek bugun sizlar bilan Toshkentning kelajagini kengashish uchun yig‘ildik, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xususan, so‘nggi 6 yilda Toshkentda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2 baravar ko‘paygan. Biznes muhiti yaxshilangani, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgani natijasida 26 milliard dollar investitsiya kiritilgan.

Qurilish jarayonlari ham jonlanib, yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxona va inshootlar barpo etilgan. Shuningdek, 30 ming o‘rinli maktablar, 20 ming o‘rinli bog‘chalar, 2 ming o‘rinli tibbiyot muassasalari, 200 gektar maydonda parklar, 10 dan ziyod yirik sport majmualari qurilgan.

Shaharda jamoat transportini rivojlantirish maqsadida 14 ta metro bekati ishga tushirilib, kunlik yo‘lovchi qatnovi 1 milliondan oshdi. Yil yakunigacha yana 5 ta bekat foydalanishga topshiriladi.

Ma’lumki, bugungi kunda poytaxtimizda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Shu bois shaharda yiliga 20 mingdan ziyod xonadonli ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor.

Prezidentimiz poytaxt istiqbolini belgilashda uzoqni o‘ylash kerakligini ta’kidladi.

– Poytaxtimizning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarur. Chuqur o‘ylangan urbanizatsiya siyosati – turmush sharoiti, iqtisodiy rivojlanishga, odamlar kayfiyati va madaniyatiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur va turkiyalik mutaxassislar bilan birga, Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi. Unda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, qurilishlarni shahar tashqarisida amalga oshirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash, Toshkentning me’moriy qiyofasini saqlab qolish masalalari ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida Yangi Toshkentni qurish rejalashtirilgan. Xalq deputatlari va jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilinib, 3 xil loyihadan eng maqbuli tanlab olingan.

Yangi Toshkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi. Davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.

Yana bir muhim tomoni – bu loyihani amalga oshirishda zamonaviy urbanizatsiya yondashuvlari asosida “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. “Yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida, piyodalar va velosipedchilarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.

Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi. Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunellar hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.

Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generatsiya” stansiyasi quriladi. Ya’ni, bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitilib, yozda esa sovutiladi.

Yangi Toshkent loyihasida suv tejovchi texnologiyalar hisobiga suv sarfi 2 baravar kamayadi. Oqova suvlar ham zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, sug‘orish va texnik maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.

Yangi shaharda innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, IT-park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent poydevoriga kapsula qo‘yib, uning qurilishini boshlab berdi.

– Ulug‘ ayyom arafasida ezgu niyatlar bilan qurilishni boshlayapmiz. Inshoolloh, bu Yangi O‘zbekiston tarixida yangi sahifa bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Bu shahar uchun, shuningdek, poytaxtimiz uchun ham qo‘shimcha energiya ta’minoti zarur. Birgina Toshkent shahrining o‘zida so‘nggi 6 yilda elektr energiyasi iste’moli 30 foizga oshib, qariyb 8 milliard kilovatt-soatga yetgan. Bu talab tobora ortib bormoqda.

Shu bois Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha katta dastur qabul qilindi. Unga ko‘ra, poytaxt ehtiyojini ta’minlash uchun jami quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta quyosh stansiyasi barpo etilishi belgilangan. Ulardan birinchisi – Qibray tumanida 400 megavattli fotoelektr stansiyasini qurish boshlangan.

Shuningdek, yana 3 ta loyiha bo‘yicha Xitoyning “CEEC-Gezhouba” hamda “China Dating Overseas Investment” kompaniyalari bilan kelishuvga erishilgan. Bular – Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘ka tumanida 300 megavattli stansiyalardir.

Marosimda mazkur 3 ta loyihaga ham start berildi.

Ularga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritiladi. Yil yakunigacha ular bo‘yicha dastlabki 300 megavatt quvvatlar ishga tushiriladi. Bu stansiyalar to‘liq quvvatga chiqqandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqaradi va poytaxt ehtiyojining yarmidan ko‘pini qoplaydi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yuqori kuchlanishli tarmoqlar qurilib, eskirgan transformator va elektr tarmoqlari yangilanishi ma’lum qilindi.

– Poytaxtimizda amalga oshirayotgan barcha-barcha maqsad, reja va dasturlarimiz aholimiz uchun, uning bugun kechagidan, ertaga bugungidan yaxshiroq yashashi uchun, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda qayd etilganidek, Yangi Toshkent chinakam ekologik shahar bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda “Markaziy bog‘” barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.

Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga ushbu boqqa ko‘chatlar o‘tqazdi. Tadbirda ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari bilan muloqot qildi.

Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “M-Clinic” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini borib ko‘rdi.

Bu klinikani mamlakatimiz tibbiyotida yangi bosqich deyish mumkin. 202 million dollarlik loyiha evaziga 6 ta bino bunyod etilib, eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Tibbiy texnologiyalar Germaniyaning KBV GmbH & Co. KG kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan.

Muassasada kattalar uchun 95 ta va bolalar uchun 33 ta statsionar o‘rin, 1 ming 400 ta qatnovga mo‘ljallangan poliklinika tashkil etilgan. Ular yaqin oylarda ishga tushiriladi. Umuman, tibbiyot markazida 50 ta tor mutaxassislik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Xususan, markazda kardiologiya, angiografiya, travmatologiya, neyroxirurgiya, ginekologiya va urologiya bo‘yicha 5 ta jarrohlik xonasi bo‘ladi. Ularda yiliga 5 mingta yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Ilg‘or uskunalar kam kesish va tez reabilitatsiya qilish imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari bu sharoitlar bilan sinchiklab tanishdi. Markazni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch muassasaga aylantirish, bu yerdagi tajriba asosida shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Majmuada bemorlarning yaqinlari uchun 120 o‘rinli mehmonxona ham barpo etilgan.

Xususiy tibbiyot rivojiga yaratilgan imkoniyatlar natijasida yurtimizda nodavlat shifo maskanlari soni 8 mingtadan oshgan. Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan tibbiy yo‘nalishlar 50 tadan 129 taga kengaytirilgan.

Shu kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi finalini tomosha qildi.

Nafaqat mamlakatimiz, balki qitʼa futbol ixlosmandlari diqqat markazida boʻlgan ushbu chempionat har jihatdan koʻtarinki ruhda oʻtdi. Chorak va yarim final oʻyinlari yorqin, yodda qolarli kechdi.

16 ta davlat terma jamoalari ishtirokidagi ushbu qitʼa kubogi oʻyinlari yurtimizda futbol infratuzilmasi rivoj topishi, millionlar oʻyinini yanada ommalashtirish, mavjud stadionlar zamonaviy koʻrinishga kelishini taʼminlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilgani bilan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Oʻzbekiston – Iroq terma jamoalari oʻrtasidagi final oʻyini mazkur chempionatning eng yuqori nuqtasi boʻlib tarixga muhrlandi. Unda Oʻzbekiston yoshlari 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Davlatimiz rahbari terma jamoamizni taqdirlash marosimida ishtirok etdi va bosh sovrin – Osiyo kubogini topshirdi.

Ushbu gʻalaba stadiondagi oʻn minglab, teleekranlar oldidagi millionlab yurtdoshlarimiz qalbiga quvonch olib keldi, Navroʻz bayrami kayfiyatini ikki karraga oshirdi.

20 yoshli futbolchilarimizni oldinda yanada masʼuliyatli musobaqa kutib turibdi. Indoneziya mezbonlik qiladigan jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlari endi Osiyoning eng kuchli jamoasi sifatida ishtirok etadi.

 

19.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar