“Obod qishloq” dasturi doirasida Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Cho‘ya”, Uchquduq tumanidagi “Qulquduq”, Tomdi tumanidagi “O‘tamurod” qishloqlari yangidan qiyofa kasb etib foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida joriy yilda Navoiy viloyatining 16 ta qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida 272 milliard so‘mlik ishlar yakdillik bilan olib borilayapti.
Bundan tashqari, “Obod mahalla” dasturi doirasi hududdagi 2 ta shaharning 5 ta mahallasida 65 milliard so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur hududlarda “Obod qishloq” dasturi doirasida birinchi navbatda aholi uchun zarur bo‘lgan ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari bunyod etilgani qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Shuningdek, mahalla guzari, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, qishloq vrachlik punkti, hammom, amfiteatr, futbol maydonchasi, bolalar maydonchasi qishloq ahlining, ayniqsa kelajagimiz egalarining uzoq yillik orzularini ro‘yobga chiqardi. Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, kichik tikuvchilik tsexi kabi loyihalar aholining bandligini ta’minlashda alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Fuqarolarga tadbirkorligini boshlashi uchun mikrokredit mablag‘lari ajratilgani esa aholi turmush farovonligi sari qo‘yilgan yana bir dadil qadamdir.
Nurota tumanining “Chuya” qishlog‘ini obod etish tadbirida qariyb 17,2 milliard so‘mlik, viloyat markazidan qariyb 400 kilometr uzoqda joylashgan Uchquduq tumani “Qulquduq” qishlog‘ini obod etish uchun 4,8 milliard so‘m, Tomdi tumani “O‘tamurod” qishlog‘ini obod etish uchun 7,3 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi.
Viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida ishlar davom etmoqda.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Tursunxan Xudoybergenov hamda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ishtirok etdi.
Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |