Mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda shu yerda yashovchi har bir fuqaroning ogohligi muhim ahamiyatga ega.
Zero, jinoyat o‘z o‘zidan sodir etilmaydi. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi Farog‘at mahallasida o‘tkazilgan jinoyat muhokamasida sodir etilgan qotillik jinoyatining sabab va oqibatlari chuqur tahlil qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilning 25 iyun Katta Farg‘ona kanalining Qo‘shtepa tumanidan oqib o‘tgan qismidan yoshi taxminan 30-40 larda bo‘lgan shaxsi noma’lum erkak kishining murdasi topilgan.
Tezkor qidiruv-surushitiruv tadbirlarida aniqlanishicha, Qo‘shtepa tumani "Yangiariq" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.A ismli fuqaro bir yildan ortiq muddat davomida yashash xonadoniga kelmaganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, M.A 2022 yilning aprel oyida Toshloq tumanidagi Farog‘at mahallasida yashovchi, o‘zi bilan yollanma ishlarda birga ishlab yuradigan aka-uka G‘.A hamda A.G‘ ismli shaxslarlarining xonadonida ular bilan birga spirtlik ichimlik iste’mol qilgan.
Keyin o‘rtada janjal kelib chiqadi. Janjalda aka-ukalardan biri taxta bo‘lagi bilan M.Aning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazadi. Jabrlanuvchi esa hodisa joyida vafot etadi. Gumonlanuvchilar jinoyat izini yashirish maqsadida marhumning oyoq-qo‘lini bog‘lab, katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuboradilar.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Muhokamada ushbu jinoyatning yuzaga kelish sabablariga to‘xtalgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Muhiddin Jo‘rayev gumonlanuvchi va jabrlanuvchilar yashagan mahalladagi faollar, xususan, beshlik a’zolari, jamoatchilik vakillarining loqaydligini qattiq tanqid qildi. Jabrlanuvchi turli joylarga yashab, ishlab yurgan bo‘lsa-da, mahalla faollari uni ishga joylab, oilaviy muammosini bartaraf qilishmagan.
Profilaktik nazorat ham samarali tashkil etilmagan. Muhokama jarayonida oqsoqollar, mahalla faollari va mas’ullarning fikrlari ham eshitildi.
Kelgusida bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.Fuqarolar ogohlikka chaqirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |