Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, odamlarimizning baxtli yashashini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassam.
Zero, xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, ijobiy hal etish ustuvor masala sifatida ilgari surilgani xalqimizning davlatdan, jamiyatdan rozi bo‘lishida muhim omil bo‘lmoqda.
Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimligi, Buxoro viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi va Xalq qabulxonasi xodimlari ishtirokida Vobkent tumani “Vobkent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan navbatdagi ommaviy sayyor qabul ham aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
–Yuzma-yuz ochiq muloqotda 8 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa ularning 2 tasi shu joyning o‘zida hal etildi, –deydi Xalq qabulxonasi mudiri L.Sharipova. – 3 tasiga huquqiy, 3 tasiga tushuntirish va o‘rganish uchun muddatlar belgilandi. Birlamchi muhokama etilgan sayyor qabuldagi barcha murojaatlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqish va o‘rnatilgan tartibda hal etish chora-tadbirlari belgilandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |