2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi oilaviy poliklinika qurilishi bilan tanishdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon tumanidagi “Saydulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Orol” oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan binolar qurish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Andijon viloyatida ham qishloq va oilaviy tibbiyot maskanlarini kapital ta’mirlash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

“Orol” oilaviy shifokorlik punkti Andijon tumanidagi chekka hududlardan birida joylashgan bo‘lib, ancha ta’mirtalab holga kelib qolgan edi. Ana shundan kelib chiqib, qolaversa, mahalla aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirish maqsadida mazkur maskanda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

Viloyat hokimi oilaviy poliklinikadagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishib, belgilangan ishlarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berdi.  

15.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar