2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Endi ularning ham o‘z uyi bor

Termiz shahridagi Manguzar mahallasida ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan 10 ta ijtimoiy uy-joyni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar, yangi uylarning sohibalari ishtirok etgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilayotgan e’tibor aholi, ayniqsa, uy-joyga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarni turar-joy bilan ta’minlashda ham o‘z ifodasini topayotgani ta’kidlandi. Buning uchun hududlarda barcha qulayliklarga ega ijtimoiy uy-joylar barpo etilayotgani qayd etildi.

Joriy yilda ham Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarni ijtimoiy uy bilan ta’minlash davom ettirilib, hududlarda qurilish-bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Termiz shahrida yangi barpo etilgan o‘nta uyga voha markazi va tumanlardan tanlab olingan uy-joyga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar ko‘chib o‘tdi.  

Tadbirkor Bexzod Yuldoshev bunyod etgan ixcham uylar barcha zamonaviy qulayliklarga ega. Keng, yorug‘ xonalar yuksak did bilan barpo etilgan.  

Tadbirda yangi xonadonlar egalariga viloyat hokimligi maishiy texnika va boshqa sovg‘alar tuhfa qildi.  

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.  

18.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar