2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryoda tadbirkor 40 ta ehtiyojmand oilaga uy hadya qildi

Sherobod tumanida ehtiyojmand xotin-qizlar, kam ta’minlangan va nogironligi bor oilalar uchun 40 xonadonga mo‘ljallangan ikkita besh qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar, yangi uylarning egalari ishtirok etgan tantanali tadbirda inson qadr-qimmati ulug‘lanayotgan mamlakatimizda ehtiyojmand xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bor yurtdoshlarimizni uy-joy bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, hududlarda ijtimoiy turar-joy binolari barpo etilayotgani ta’kidlandi. Bu jarayonda saxovatpesha tadbirkorlar ham uy-joyga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogironligi bor insonlarga mehr-murvvat ko‘rsatib, barcha sharoitlarga ega zamonaviy turar-joy binolari qurib berayotgani haqida so‘z yuritildi.

Sherobod tumanidagi Taroqli mahallasida qad rostlagan ikkita ko‘p qavatli uyni ham mahalliy tadbirkor o‘z hisobidan bunyod etib, muborak Ramazon hayiti kuni uy-joyga muhtoj 40 ta oilaga hadya qildi. Zamonaviy uy quruvchisi barcha mo‘min-musulmonlar qalbi ezgulik, mehr-oqibat nuriga to‘lib turgan saodatli kunda ehtiyojmandalarga uy tuhfa qilgan tadbirkor nomini ochiqlamaslikni so‘radi. Aslida bu hislat ham azaliy qadriyatlari ulug‘ va go‘zal millatimizga xos yuksak fazilatdir.

–Ota-onamdan erta ajralib, momom va amakilarim qo‘lida kamolga yetdim, – deydi Bahor mahallasida yashovchi 37 yoshdagi Kamola Hasanova.– Yolg‘iz farzandman. Talaba bo‘lganim uchun talabalar yotoqxonasida yashayotgan edim. Shunday keng, yorug‘ uyga bepul egalik qilishni tasavvur ham qilolmas edim. Ramazon hayiti kuni yangi uyli bo‘lganimdan quvonchim cheksiz. Xonadonda barcha maishiy jihozlar mavjud. Muqaddas ayyomlarda bizdek ko‘ngli o‘ksik insonlar qalbiga quvonch ulashayotgan davlatimizdan cheksiz minnatdormiz. Ilohim, bizga mehr-muruvvat ko‘rsatayotgan qo‘li ochiq tadbirkorlarimizning ishlari yanada rivojlanib, topayotgan daromadlari yanada barokatli, ro‘zg‘orlari serfayz, mamlakatimiz osuda, obod bo‘laversin!  

Ikkita ko‘p qavatli uydagi xonadonlar ikki va uch xonali bo‘lib, ularning har biri yuksak did bilan zamonaviy usulda jihozlangan. Yangi uyning sohibu sohibalari shundoqqina kirib yashashlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Yangi ko‘rpa-to‘shakkacha muhayyo qilingan.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov Prezidentimiz nomidan yangi uylarning sohibu-sohibalariga xonadonlar kalitlarini tantanali topshirdi.

Saxovatpesha tadbirkor o‘tgan yili ham tumandagi 27 ta kam ta’minlangan uy-joyga muhtoj oilaga kottej uy qurib, hadya qilgan.  

21.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar