2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Videoselektordagi topshiriqlar ijroda

Muborak Ramazon Hayiti arafasida Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi 4-sektor hududida joylashgan “Toshkent” hamda “Gulzor” qishloq fuqarolar yig‘inlarida uyushmagan yoshlar uchun mini-futbol maydonlari qurib, foydalanishga topshirildi.

Avvallari tashlandiq bo‘lib yotgan ushbu joylar 4-sektor rahbari, Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi va mahalliy tadbirkorlarning sayi harakatlari bilan obod qilinib, 1 ta tabiiy va 1 ta sun’iy mini-futbol maydonlari barpo etildi.  Bu esa mahalla ahlini, ayniqsa, yoshlarni quvontirdi.

Ramazon hayiti arafasida “Toshkent” MFY hududidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hovlisida qurilgan tabiiy chim yotqizilgan stadionda dastlabki futbol musobaqasi tashkil etilib, unda mahalla yoshlari o‘zaro to‘p surdi.

“Gulzor” MFYda foydalanishga topshirilgan 25x45 metr hajmdagi sun’iy qoplamali mini-futbol maydonining ochilishi esa haqiqiy bayram tadbiriga aylandi. Unda tuman hokimligi, sektor rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari shu yerga jam bo‘lib, ushbu ishlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan tadbirkorlarga hamda 2 ta mahallaning yoshlar yetakchilariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Tantanali marosimdan so‘ng, “Do‘stlik” va “Gulzor” MFY yoshlari o‘rtasida “DXX raisi kubogi” musobaqalarining sektor bosqichiga start berildi. Mazkur mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish loyihasini amalga oshirishda tadbirkorga yer maydoni hamda qurilish uchun tijorat bankidan kredit olishda  4-sektor rahbari, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpo‘latov amaliy yordam berdi.  

Tadbirkorga ko‘mak bo‘lishi uchun 400 metr sim to‘rlar yetkazib berildi. Endi bu yerda mahalladagi sportga ishtiyoqmand yoshlar turli sport o‘yinlarini o‘ynash imkoniga ega bo‘ldi.  

Bundan tashqari, joriy yilning 11 aprel kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat soliq boshqarmasi bosholig‘i Begzod Tashpo‘latov Mirzacho‘l va Arnasoy tumanlaridagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.  

4-sektor rahbari ushub yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida yoshlarning dardu tashvishlarini diqqat bilan tingladi va barchasini birma-bir qayd etib bordi.

– Prezidentimiz o‘tkazgan videoselektorda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqilishi alohida ta’kidlandi, – deydi Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpo‘latov. – Davlatimiz rahbari, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlariga qarab, ularni 3 toifaga: “yaxshi”, “o‘rta”  hamda davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan va ko‘makka muhtoj yoshlarni “ahvoli og‘ir” toifalarga ajratdilar va ushbu uchinchi toifaga batafsil to‘xtaldilar. Har bir sektor rahbarlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi. Shuningdek, Yurtboshimiz, asosiy e’tibor  “o‘rta” toifaga kirgan yoshlar bilan ishlashga qaratishi lozimligi ta’kidladi.  

Biz ham ishni “Yoshlar daftari” asosida va mahallabay tizimida olib borib, yoshlarning dardu tashvishlarini tinglab, avvalo, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash, qiziqish va intilishlarini inobatga olgan holda ish olib borishimiz talab etiladi. Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini ta’minlash, ularni IT texnologiyalari, xorijiy tillar, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari, turli madaniy tadbirlar tashkil etish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqib, shu asosida ish olib borishmiz muhim ahamiyat kasb etadi.

24.04.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar