2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullarda tiklangan adolat

Haqiqatning yuzi – yorugʻ, qoʻli – uzun. Adolatning esa katta-kichigi boʻlmaydi. Bir inson hayotidagi adolat gʻalabasi ham, avvalo, “Inson qadri uchun!” gʻoyasining hayotiy roʻyobi, shu gʻoya atrofida yoʻlga qoʻyilgan insonparvar tizimning real natijasidir.

Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining asosan sud-huquq masalalari boʻyicha Qarshi shahrida tashkil qilingan navbatdagi ommaviy qabulida ham bu kabi taqdirlarga koʻp guvoh boʻldik. Muammosi hal boʻlgan insonning esa chindan ham yelkasidan togʻ agʻdarilganday boʻladi.

Jumladan, qabullar davomida sud-huquq masalalariga oid 31 ta murojaat boʻyicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida mazmunan koʻrib chiqish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hayʼatlariga hal etish uchun oʻtkazildi, 131 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 39 nafar mahkumni ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazo turigi almashtirildi, asossiz ravishda ishdan boʻshatilgan 9 nafar ichki ishlar tizimi xodimlari ishiga qayta tiklandi.

Xususan, Surxondaryolik Nilufar Ortiqova ham adolat va haqiqat uchun ancha vaqt kurashib, yengib chiqqach, bugun yorugʻ yuz bilan yana oʻz sohasiga, oʻz vazifasiga qaytyapti.

Xorazmlik Manzura Rahimberdiyevaning Urganch shahridagi maktablardan biriga ishga tiklanishiga oid masalasi esa tez orada sud tartibida koʻrib chiqilib, qonuniy-adolatli hal qilinadigan boʻldi.

Termizlik Dilorom Muhammadiyevaga esa, Bosh prokuratura masʼullariga murojaatidan soʻng bir korxonadan 76 million soʻmdan ziyod ish haqi undirib berildi. Qarshi shahrida yashovchi Xudoyor Botirovning ham ayni masaladagi muammosi tez kunda hal qilib beriladigan boʻldi.

Almira Rustamovaning 30 sotix yerda dehqon xoʻjaligi tashkil qilib, imtiyozli kredit olish masalasi joyida hal qilingan boʻlsa, shoʻrchilik 75 yoshli tadbirkor Anor Xoʻjamurodovaning karyerdan foydalanish muddatini uzaytirish masalasi nazoratga olindi.

Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ham masʼullar eʼtibor markazida boʻldi. Xususan, 153 nafar fuqarolarga oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun 4,5 mlrd soʻmlik kreditlar olib berilishi taʼminlandi. 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 69 nafar fuqarolarga uy-joyini taʼmirlashi uchun 284 mln, 111 nafar fuqaroga ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun 244 mln soʻm va 289 nafar fuqaroga davolanishi uchun 778 mln soʻm moddiy yordamlar ajratildi 109 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinkalari berildi.

Bundan tashqari, qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar asosida 27,8 km yoʻllar taʼmirlandi, 13,4 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 2 dona suv inshootlari qurildi, 5,1 km elektr tarmoqlar tortildi va 2 dona transformator oʻrnatildi.

Tongdan shom qorongʻusiga qadar davom etgan ommaviy qabulda 1 ming 234 ta masala koʻrib chiqilib, ularning 347 tasi joyida hal qilindi, 495 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish va maslahat berilgan boʻlsa, 392 ta masala nazoratga olindi.

Qabullar yakunlari boʻyicha mutasaddi idoralar rahbarlariga nazoratga olingan har bir murojaatni oʻz vaqtida, qonun doirasida koʻrib chiqish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

16.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar